O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


§ 2. O'zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o'tish va milliy iqtisodiyotni



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

§ 2. O'zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o'tish va milliy iqtisodiyotni
shakllanishi.
1991 yil 31 avgust kuni Toshkent shaxrida Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari 
sessiyasi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekistonni davlat mustaqilligi e'lon qilindi. Oliy Kengashning 
Respublika davlat mustaqilligi haqidagi arizasi qabul qilindi. Maxsus qaror bilan O'zbekiston SSR 
«O'zbekiston Respublikasi» 
, deb ataladigan bo'ldi. 
1 sentyabr-Mustaqillik kuni
deb belgilandi. 
O'zbekiston Respublikasining 
Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida qonun 
qabul qilindi.
O'zbekiston Respublikasi 
unitar davlat 
bo'lib, davlat hokimiyati hokimiyatning taqsimlanish 
nazariyasiga binoan mustahkamlangan. 
Unitar davlatda 
davlat tuzilishi shakli, davlat xududi 
tarkibida, federatsiyadan farqli ravishda, federativ birliklar (shtatlar, erlar) bo'lmaydi, balki 

ma'muriy-hududiy birliklar 
(viloyatlar, tumanlar, va hokazo) ga bo'lingan bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi hududiy jihatdan bo'linmas yagona davlatni tashkil qiladi. Uning 
tarkibiga Qoraqalpog'iston Respublikasi, 12 ta viloyatlar, 163 ta tumanlar, 119 ta shaharlar, qishloqlar 
va ovullar kiradi. 
Maydoni 
- 447,4 ming kv. km, 
aholisi 
- 24,8 mln* kishi, undan 9358,7 ming kishi 
yoki 37,9 % shahar, 15502,0 ming kishi yoki 62,1 % qishloq aholisini tashkil qiladi. 1 km^ ga to'g'ri 
keladigan axoli soni 53,3 kishidir. Qishloq xo'jaligiga yaroqli erlari - 27,9 mln.ga, shundan sug'orishga 
yaroqli erlar 5 mln.ga, sug'oriladigan erlar 4,2 mln. ga ni tashkil qiladi.(Jumal. «Biznes kurer» №31. 
2003 у 23 oktyabr 6 bet)

1991 yil 18 noyabrda O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i tasdiqlangan;

1992 yil 2 mart O'zbekiston Respublikasi BMTiga a'zo bo'lib qabul qilingan

1992 yil 2 iyulda O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasdiqlangan; 

1992 yil 8 dekabrda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan

1992 yil 10 dekabrda O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi tasdiqlangan; 
• 1994 yil 1 iyulda O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasi muomalaga kiritilgan.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin