O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Aloqa ommaviy axborotlarni tarqatish



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

Aloqa ommaviy axborotlarni tarqatish, 
shuningdek iqtisodiyotni boshqaris hda muhim rol o'ynaydi. 
O'zbekiston Respublikasida aloqa 
korxonalari 
aholiga hamda iqtisodiyot tarmoqlariga pochta, telegraf hamda mahalliy, 
shaharlararo, xalqaro telefon aloqa xizmati ko'rsatadi, 
shuningdek respublikada radioaloqa, 
radieshittirish va televidenieni texnika vositalari bilan ta'minlaydi. 
Aloqa majmuasi-matbuot 
tarqatish, uyali (radiotelefon) aloqa, elektr aloqa, kosmik yo'ldos hlar orqali aloqa respublika 
hayotida katta rol o'ynaydi. Idoraviy ichki aloqa tarmoqlari 
(ayrim vazirliklar, tashkilotlar, hamda 
shaxta, zavod, xo'jaliklarning bevosita o'ziga qarashli aloqa vositalari) ham mavjud. O'zbekistonda 
aholiga pullik xizmatlar ko'rsatishning umumiy hajmida aloqa xizmati hissasi 5% ga yaqin.
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida milliy 
telekommunikatsiya tarmog'ini rivojlantinsh va uni mustaqil ravishda boshqarish muhim vazifaga 
aylandi.
1992 yil 13 yanvarda O'zbekiston Respublikasining «Aloqa to'g'risida»gi qonuni qabul qilindi. 
1977 yil 23 iyunda Aloqa vazirligi Pochta va telekomunikatsiyalar Agentligiga aylantirildi. 2002 yil 30 
maydagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kompyuterlash-tirishni yanada rivojlantinsh va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida"gi Farmoniga asosan 
O'zbekiston 
pochta va telekommunikatsiyalar agentligi O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi etib 
qayta tashkil etildi.
Ushbu Farmonga binoan axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va 
jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va 
telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, 
fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to'liqroq qondirish, jahon axborot 
hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan bahramand bo'lishni kengaytirish uchun qulay 
shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi.
Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantinsh hamda 
ularning zamonaviy tizimlarini joriy etishning birinchi galdagi 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin