1994 yildan Respublikadagi barcha shaharlar, telefon tarmoqlarini avtomatlashtirilgan tizimga o'tkazish ishlari davom ettirildi. Elektr aloqa korxonalari «Mahalliytelekom» kompaniyasiga uyushgan. O'zbekiston aloqa
tarmog'i jahon andozalari darajasiga ko'tarilmoqda. O'zbekistonning Turkiya, AQSh, Yaponiya,
Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Indoneziya, Xitoydagi etakchi firmalar
bilan elektr aloqa tarmoqlarini rivojlantirishdagi hamkorligi yaxshi samara berayapti. Xorijiy firmalar
bilan hamkorlikda tashkil etilgan 10 dan ortiq korxonalar ishlamoqda. 1992 yil O'zbekiston va
AQShning «Interneyshnl Kommunikayshn gruppi»(«Ay Si Ji») firmasi bilan tashkil etilgan
«Uzdunrobita» qo'shma korxonasi Toshkent, shuningdek Samarqand, Urganch, Qarshi, Andijon,
Buxoro shaharlarida xalqaro va shahar, shaharlararo telefon stantsiyalari bilan bog'lanish imkoniyatiga
ega bo'lgan uyali telefon (radiotelefon) aloqasi stantsiyalarini ishga tushirdi.
1997 yilda O'zbekiston - Malayziya qo'shma korxonasi «O'zMoqom», O'zbekiston - Indoneziya qo'shma korxonasi
«Bustel» va boshqalar shaharlarida va shaharlararo uyali telefon aloqasini rivojlantirishda faoliyat ko'rsa tmoqda.
Koreya respublikasining
«DEU telekom», Germaniyaning
«Simens», «Alkatel sel RFT», Yaponiyaning
«Mitsui» firmasi,
«NEbC» korporatsiyasi zamonaviy aloqa jihozlari etkazib beradi,
elektron raqamli ATSlar asosida respublika shaharlarida halqaro hamda s haharlararo telefon
stantsiyalarini takomillashtiradi va quradi.
O'zbekiston mustaqillikni qo'lga kiritishiga qadar respublikaning jahon mamlakatlari bilan
cheklangan darajadagi telefon aloqasi Moskva orqali amalga oshirilgan. Mustaqillikning dastlabki
davridayoq xalqaro telefon aloqasini rivojlantirishga alohida e'tibor berildi. 1992 yili Toshkentda
Yaponiyaning «NEK» firmasi etkazib bergan asbob uskunalaridan abonentlaming jahon telefon
tarmog'iga chiqishni hamda ikki tomonlama xalqaro teleko'rsatuvlarni ta'minlaydigan 150 kanalli
raqamli xalqaro kosmik (fazoviy) telefon stantsiyasi qurildi va foydalanishga topshirildi. 1997 yilda
Xitoy (Shanxay) bilan Germaniya (Frankfurt-Mayn)ni bog'laydigan shisha kabelli Transosiyo -Evropa
aloqa magistralining O'zbekiston hududi orqali o'tadigan qismi (926 km) qurilishi tamomlandi.
Keyinchalik Turkiyaning «Netash», «Teletash», «Simko» firmalari 30 kanalli yana bir xalqaro kosmik
telefon stantsiyasini Toshkentda qurdi. Bu stantsiyalaming ishga tushirilish bilan xalqaro telefon
so'zlashuvlarining 80%) ini sun'iy aloqa yo'ldoshlari orqali bevosita xorijiy mamlakatlarga uzatish va
ulardan qabul qilishga erishildi.
Italiyaning «STET Interneyshnl» va Germaniyaning «Simens AG» kompaniyalari ishtirokida
tuzilgan «Udiney» qo'shma korxonasi shaharlararo va xalqaro telefon aloqasini rivojlantirish, qayta
qurish va undan foydalanish bilan shug'ullanadi. Shahardagi telefon egalari Er kurrasidagi barcha
mamlakatlar bilan avtomatik bog'lanish imkoniyatiga ega.