O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Radio va televizion aloqa



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

Radio va televizion aloqa. 
Toshkent tajriba radioeshitirishlar dastlab 1926 yil o'tkazilgan. 
1975 yili Toshkent radioeshitirish va ovoz yozish uyida streofonik radioeshitirishlarni amalga oshirish 
imkon beradigan apparatlar o'matildi. O'zbekistonda radiolashtirish ishlari 1928 yilda boshlangan. 
Shahar, tuman va qishloqlarda qurilgan radiouzellar xonadonlar, korxonalar, muassasalarni 
radiolashtirish ishiga xizmat qildi, 90- yillar boshida respublikaning 12,5 mln.dan ortiq aholisi 
radiolashtirish xizmati bilan ta'minlandi.
Respublika radio markazi 
sutkasiga 12 dastur bo'yicha 1700 soat eshittirishlar olib borishni 
ta'minlash quvvatiga ega.
1956 yilda Toshkentda (balandligi 180 m.) 
televizion minorasi qurilib, Toshkent televidenie 
studiyasi ishga tushirildi va muntazam ko'rsatuvlar boshlandi. Ko'rsatuvlarni Toshkent shahri va uning
56


atrofida tumanlarda ko'rish mumkin bo'ldi. 
Ikki yildan keyin teleko'rsatuvlar 
Andijon, Farg'ona, 
Samarqand shaharlarida qabul qilindi. Keyinchalik Nukus (1961), Urganch (1964)da telemarkazlar 
qurildi. 1966 yilga kelib retranslyatsiya stantsiyalari va radiorele aloqa yo'llari (Toshkent - Andijon
1960; Toshkent - Samarqand, 1966) yordamida ko'pgina viloyatlar alohida respublika 
televideniesining 1-dasturini, Toshkent, Farg'ona vodiysi va Samarqand alohida ikk i dasturini ham 
qabul qilish imkoniyatiga ega bo'ldi. 
1965 yildan 
O'zbekistondagi teletomoshabinlar Moskvadan olib 
beriladigan 
ko'rsatuvlarni oq-qora, keyinchalik rangli tasvirda ko'ra boshladilar. 
1974 yil 
O'zbekistonda 18ta katta quvvatli, 37 kichik quvvatli televidenie uzatkichlari ishladi, respublika 
aholisining 94,7% birinchi, 87% ikkinchi, 36%) uchinchi televidenie dasturlarini ko'rishga erishdi. 
1977 yil Respublika televizion texnika markazi ishga tushirildi. Bu markaz bir yo'la 5 dasturda 
ko'rsatuvlar olib borishga mo'ljallangan. Markazda 3 studiya, apparatxonalar, telekinoproektsionxona, 
videoyozuv apparatxonalari, kinoprektsion zallar, ko'chma televizion vositalar bazasi va boshqa 
yordamchi xizmatlar mavjud. Telemarkaz radiorele yo'llari orqali O'zbekiston Respublikasi viloyatlari 
markazlari, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasi bilan bog'langan. Kabel magistlari, radio va 
sun'iy yo'ldosh yo'llari yordamida ko'p mamlakatlar shaharlari bilan televizion dasturlar almashinadi.
Teleko'rsatuvlar ko'lamining kengayishi munosabati bilan kuchli radio-televizion uzatish 
stantsiyasi qurishga ehtiyoj tug'ildi. Shu maqsadda 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin