O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


% ini O'zbekiston etkazib berdi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

65% ini O'zbekiston etkazib berdi. 
Paxta xom ashyosi juda arzon 
narxlarda sotib olinar edi. Mustaqillikka erishgunga qadar O'zbekiston Ittifoqning asosiy paxta bazasi 
bo'lib qoldi. Bu esa respublikani xom ashyo etishtirish bilan cheklab, bir yoqlama rivojlanishiga sabab 
bo'ldi va juda ko'p salbiy oqibatlarga olib keldi, 
paxta monokulturasini 
yakkahokimligini 
mustahkamladi.
Respublika qishloq xo'jaligida paxta 
yakka hokimligini 
keng qaror topishi oqibatida 1987 
yilga kelib 2107,7 ming gektarga yoki sug'oriladigan ekin maydonining 60%) dan ko'prog'iga paxta 
ekildi. Natijada ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimi izdan chiqdi, mineral o'g'irlar, gerbitsidlar, 
ayniqsa inson salomatligiga zararli bo'lgan 
butifos 
ishlatilishi natijasida dehqonchilik qilinadigan 
joylarda ekologik sharoitlar buzildi, erlarning meliorativ xolati yomonlashdi.
Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish
xajmi natura va qiymat ko'rsatkichlarida
ifodalanadi.
Natura 
ko'rsatkichlari ma'lum davr ichida bevosita mahsulot ishlab chiqarishining xajmini 
aniqlaydi va u tonna, tsentner, litr va hokazolarda ifodalanadi.
Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi qiymat shaklida o'lchanadigan 
Yalpi 
mahsulot 
ko'rsatkichida ifodalanadi. 
O'simlikchilik mahsulotining Yalpi mahs ulot ko'rsatkichi 
barcha qishloq xo'jaligi ekinlaridan olingan yalpi hosilga tugallanmagan ishlab chiqarishning 
o'sishi (kamayishi) va bog'lar, ko'p yillik o'simliklarni yaratish uchun ketgan xarajatlarni 
qo'shish yo'li bilan topiladi.
Ayrim olingan qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirish hajmi hosildorlik darajasi va ekin 
maydoniga bog'liq bo'ladi.
Qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorlik darajasiga yangi sara urug'lar, ularning sifati, 
ekinlarga mineral va maxalliy o'g'itlarni solish, o'simlikchilik madaniyatini oshishi, erlarni meliorativ 
holatini yaxshilash kabi ko'pgina omillar ta'sir ko'rsatadi.
Qishloq xo'jaligi maxsulotlari etishtirish hajmi ekin maydonlariga ham bog'liqdir.
O'zbekistonda qishloq xo'jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi bo'lgan er davlat mulki 
hisoblanadi. Davlat qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanadigan korxonalar va xo'jaliklarga, shuningdek 
fuqarolarga muddatsiz yoki vaqtinchalik foydalanish uchun er ajratib beradi.
Davlatning er fondi barcha erlarni - haydalma erlar, daraxtzor, yaylov, pichanzor, o'rmonzor, 
qo'riq va bo'z erlar qishloq xo'jaligida foydalanilmaydigan erlarning jamini o'z ichiga oladi. Qishloq 
xo'jaligi maxsulotini etishtirishning asosi bo'lib haydaladigan erlar hisoblanadi.
O'simlikchilik mahsulotlari ishlab chiqarishning 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin