3-bob.
PUL TO‘G‘RISIDA NAZARIY
KONSEPSIYALARNING TARIXIY SHARHI
3.1. Pulning metallistik nazariyasi
Pul nazariyasi erkin raqobat vujudga kelgan davrdan ancha oldin paydo
bo‘lgan bo‘lib, ko‘p asrlik tarixga ega. Ushbu bobda asosiy pul konsep-
siyalarini — metallistik, nominalistik va miqdoriy pul nazariyalarini ko‘rib
chiqamiz. Bu bizga pul nazariyasining shakllanish mantiqi, turli zamo-
naviy iqtisodiy maktablarning tarixiy manbalarini tushunishga imkon beradi.
Pulning metallistik nazariyasi kurtaklari qadimgi antik davrda paydo
bo‘la boshlagan bo‘lsada, o‘rta asrlarda to‘liq shakllanib bo‘lgan. Bu
nazariyaning ilk namoyondalaridan biri XIV asr fransuz olimi N. Orem
edi. Metallistik nazariyaning keyingi rivojlanishi boshlang‘ich
kapital
jam g‘arish (XVI—XVIII asrlar) davriga to ‘g‘ri kelib, bunda u tanga
pullarning buzilishiga qarshi kurashda m a’lum bir ijobiy rol o ‘ynadi.
Bu nazariya pulni qimmatbaho metallar, oltin va kumush bilan izohlaydi,
nazariya namoyondalari (Angliyada — U. Stafford, T. Men, D. Nors;
Fransiyada — A. Monkreten) tangalaming yemirilishiga qarshi chiqqanlar.
Pulning metallistik nazariyasining birinchi metamorfozasi XIX
asrning ikkinchi yarmiga tegishli bo‘lib, Germaniyada 1871—1873-
yillarda oltin tanga standartining kiritilishi bilan bog‘liqdir.
Bunda nemis
iqtisodchilari (K. Knis va boshqalar) qimmatbaho metallarnigina emas,
balki metallga maydalanadigan markaziy bank banknotalarini ham pul,
deb hisoblaganlar.
Nazariyaning ikkinchi metamorfozasi birinchi jahon urushidan keyin
gi davrda boshlandi, uning namoyondalari oltin tanga standartini
o'rnatish mumkin emasligini tan olganlari holda,
oltin monometal-
lizmining yangi qirqilgan shakllarini: oltin quyma va oltin deviz standar
tini kiritish uchun o‘z nazariyalarini asoslashga urindilar.
Pulning metallistik nazariyasining uchinchi metamorfozasi ikkinchi
jahon urushidan keyingi davrga to ‘g‘ri keladi. Fransuz iqtisodchilari
A. Tulemon, J. Ryueff va M. Debre hamda ingliz iqtisodchisi R. Xar-
rodlar oltin standartini xalqaro muomalaga kiritish zarurati haqidagi g'oyani
taklif qildilar, Amerika iqtisodchisi M. Galperin va fransuz iqtisodchisi
Sh. Rist uni ichki muomalaga kiritish haqidagi talabni ilgari surdi.
37
Pulning metall nazariyasi o‘zining eng tugal ko'rinishida
uni milliy
boylik sifatida pul haqidagi ta’lim bilan bog‘lagan
Dostları ilə paylaş: