SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1587
biror kimsaga har qanday vaziyatda ham yomonlik tilamaydi. Ammo uni yaxshi
insonligiga shubha bilan qaraydigan hasadgo’ylar unga turli fitna-yu yomonliklar
qilishadi va oxir oqibat o’zlari qazigan chohga o’zlari tushishadi. Ertakda tog’riso’z,
halol va mard bo’lish kerak ekanligi ilgari suriladi.
NATIJALAR
Ertak matni ustida ishlashda tanlab o’qish, savollarga javob berish,
o’quvchilarning ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta
hikoyalash, ertak mazmuniga mos grafik tasvirlar chizish, ertak qahramonlarining
odatlarini tarmoqlab ko’rsatish kabi usullardan foydalaniladi. Masalan, yuqorida
ta’kidlangan Aka-uka Grimmlarning “Botir tikuvchi” ertagidagi tikuvchiga xos
xarakterlarni tarmoqlab ko’rsating topshirig’i berilganda o’quvchilar uni quyidagicha
bajarishi mumkin:
MUHOKAMA
Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda ertak o’rganish darslarining qurilishi
quyidagicha bo’lishi mumkin:
1. Ertak bilan tanishtirish:
a) o’quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;
b) o’qituvchining ertakni ifodali o’qishi, yod aytib berishi va hokozo.
2. Ertakni o’quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha
suhbat o’tkazish;
3. Ertakni qismlarga bo’lib o’qish va tahlil qilish;
4. Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichida o’qish);
5. Ertakni so’zlab berish;
6. Umumlashtiruvchi suhbat (ertak g’oyasini ochish);
7. Ma’lum topshiriq asosida ertakni qayta o’qish (ijodiy va mustaqil ishlar);
8. Vazifani tekshirish va yakunlash;
9. Uyda ertakni o’qib ( yoki aytib) berishga tayyorlanish.
Tikuvchi
topqir
hunarmand
jaxldor
halol
tog'riso'z
tirishqoq
|