Glossariy 352
Avesto Avesta Авеста e.o. VII asrda yaratilgan bo’lib, Avesto
so’zi «Upasta», ya’ni qonun-qoidalar,
me’yoriy asoslar ma’nosini anglatadi.
Avesto asarida ifodalangan monoteistik
diniy-falsafiy
kategoriyalar
va
tushunchalar, dunyoni diniy talqin etish
usullari keyingi davrlarda insoniyat
hayotiga kirib kelgan va takomillashgan
konfessiyalarda mustahkam o’rin olib
keladi.
Kubrоviya Kubrоviya Кубравия Kubraviya
tariqatining
asoschisi
Najmiddin
Kubrodir.
Kubraviya
tariqatining mohiyati o‘nta usulda
mujassamlashgan. Bular — tangriga o‘z
xohishi bilan yuzlashish, zuhd fi dunyo
— har qanday lazzatdan o‘zini tiyish,
tavakkul — Ollohga e’tiqodi pokligi
uchun barcha narsalardan voz kechish,
qanoat, uzlat — xilvatni ixtiyor qilish,
mulozamat az-zikr — uzluksiz zikr,
tavajjuh — Haqqa muhabbat qo‘yish,
sabr — nafs balosidan ozod bo‘lish,
muroqaba — tafakkurga g‘arq bo‘lish,
rizo — tangri xushnudligini qozonishdan
iborat.
Yassaviya Yassaviya Яссавия Yassaviya tariqatining asoschisi Xoja
Ahmad Yassaviydir. Unda ilohiy ishq,
Haq vasliga etishish, uning ishqida
parvona bo‘lish, undan boshqa narsaga
ko‘ngil
qo‘ymaslik
haqida
fikr
yuritilgan. Yassaviy riyozat, chilla,
zikrga
alohida
ahamiyat
berib,
hayotining aksariyatini chillaxonada
o‘tkazgan.
Naqshbandiya Naqshbandiya Нақшбандия Bahouddin Naqshband naqshbandiya
tariqatining
asoschisidir.
Bu
ta’limotning mohiyati «Dil — ba yoru
dast — ba kor» shiorida yaqqol ifodasini
topgan. Inson Olloh inoyati natijasi
bo‘lib, bu dunyoni unutib qo‘ymasligi
lozim, uning qalbi doimo Ollohda, qo‘li
esa mehnatda bo‘lmog‘i lozim. U
tasavvufning barcha tariqatlari singari
shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat
maqomlarini e’tirof etadi