MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar
331
MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar
O‘quv portfoliosi
Hozirgi kunda oliy ta’limda foydalanilayotgan talabalar bilimini baholash test reyting
tizimiga asoslangan bo‘lib, talaba bilimini baholashda asosiy hal qiluvchi shaxs fan o‘qituvchisi
hisoblanadi. Albatta reyting tizimining o‘ziga xos ijobiy tomonlari ko‘p. Lekin, shu bilan bir
qatorda kamchiliklardan ham xolis emas. Ushbu kamchiliklarga
asosan quyidagilarni
keltirishimiz mumkin:
talaba bilimi, uquvi va malakasi bir tomonlama, ya’ni faqat fan o‘qituvchisi
tomonidan baholanadi;
baholashda talabaning faqat muayyan fan bo‘yicha bilimi hisobga olinadi;
talabaning umumiy va kasbiy nutq madaniyatini shakllanishiga to‘sqinlik qiladi;
bo‘lajak kadrda kasbiy kompetentlikni shakllanganlik darajasini to‘liq aniqlash
imkoniyati cheklangan;
oliy o‘quv yurtidagi o‘quv davri yakuni bo‘yicha
aniqlangan umumiy ball ish
beruvchilarga tayyorlangan kadrning sifati to‘g‘risida to‘liq xulosa bermaydi;
talabaning umumiy reyting balini aniqlashda uning boshqa sohalarda erishgan
yutuqlarini hisobga olish imkoniyati kam;
bitiruvchiga tayyor kadr sifatida o‘z-o‘ziga ishonch, o‘z
imkoniyatlari,
qobiliyatlari va kasbiy kompetentlikga tayyorligi to‘g‘risida o‘zi xulosa chiqarishiga asos
yaratmaydi;
talabada refleksiya qobiliyatini hosil bo‘lishiga to‘liq sharoit yaratmaydi.
Yuqoridagilarni
hisobga olgan holda, xalqaro ta’lim tizimidagi innovatsion o‘zgarishlar,
rivojlangan davlatlar ta’lim tizimidagi ijobiy, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga tayangan
holda talabalarda umummadaniy, umumkasbiy va kasbiy kompetentlikni
shakllantirishga
yo‘naltirilgan o‘quv, o‘quv- uslubiy, ilmiy va o‘qishdan tashqari faoliyat natijalarini to‘g‘ri
baholashga yo‘naltirilgan nazorat qilish va baholashning innovatsion shakllaridan foydalanish
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash
maqsadiga muvofiq hisoblanadi.
Talabaning oliy o‘quv yurtidagi barcha turdagi faoliyatlarini nazorat qilish va baholashning
innovatsion texnologiyalaridan biri sifatida «Talaba portfoliosi» etakchi o‘rin egallaydi. Ushbu