MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar
341
7.«Baholash portfoliosi»
talabaning olgan bilimlari va malakasini nazorat qilish maqsadida
tuziladi va u turli xil nazorat materiallaridan: nazorat ishlari, testlar, sxemalar, krossvordlar va
boshqa topshiriqlardan iborat bo‘ladi. Baholash portfoliosi o‘qituvchi
tomonidan mustaqil
tuziladi va uni rejalashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan natijaga erishish uchun o‘z
vaqtida
talabalarga taqdim etishi talab etiladi.
8.
«Yutuqlar portfoliosi»
talabaning o‘quv-tarbiyaviy jarayondagi eng yaxshi ishlari va
yutuqlarini ko‘rsatuvchi hujjatlardan tashkil topadi. Bu portfolioga talaba o‘z xohishi bilan
o‘zining
eng yaxshi loyihalarini, olgan tashakkurnomalari,
maqtov yorliqlari, diplomlari,
taqrizlar va o‘z faoliyatini namoyish qiluvchi rasmlarni kiritishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: