33
5-Amaliy mashg‟ulot
Mavzu: Elektron raqamli imzo.
Kirish:
Ushbu amaliy ishida qabul qilib olingan ma‘lumotlarning haqiqiy
yoki haqiqiy emasligini aniqlash masalasi, ya‘ni ma‘lumotlar autentifikatsiyasi
masalasining mohiyati haqida ma‘lumotlarga ega bo‘lamiz. Bu masala
ma‘lumotlarni uzatishda muhim ahamiyatga ega sanaladi. Bu jarayon hozirda
elektron raqamli imzo
deb ataladi.
Ishdan maqsad:
Mazkur amaliy ishni bajarish jarayonida talabalar elektron
raqamli imzo, elektron raqamli imzoni shakllantirish, elektronraqamli imzoni
tekshirish muolajasiuning amaliy ahamiyati haqida amaliy ko‘nikma hosil
qiladilar.
Kerakli jixozlar:
Kompyuter, Proyektor dasturlar ixtiyoriy, printer, daftar,
A4 formatdagi oq qog‘oz.
Qisqacha nazariy ma‟lumot:
Hujjatlardagi qo‘yilgan shaxsiy imzolarni soxtalashtirish nisbatan murakkab
bo‘lib, shaxsiy imzolarning mualliflarini hozirgi zamonaviy ilg‘or kriminalistika
uslublaridan foydalanish orqali aniqlash mumkin. Ammo elektron raqamli imzo
hususiyatlari bundan farqli bo‘lib, ikkilik sanoq sistemasi hususiyatlari bilan
belgilanadigan xotira registrlari bitlariga bog‘liq.
Shundan kelib chiqib hozirda ERI ni axborot xavfsizligi sohasida qo‘llash
muhim ahamiyatga ega sanaladi. Buning natijasi o‘laroq hozirda yetakchi davlatlar
o‘zining shaxsiy ERIni yaratdilar, shu jumladan O‘zbekiston ham o‘zining ERIsi,
O‟zDSt 1092:2005
ni
yaratdi.
Bunda assimetrik shifrlash algoritmidan
foydalanilgan. Amaliy ishi ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda elektron
raqamli imzo haqida ma‘lumot, uning ishlash jarayoni, unda foydalanilgan
algoritmlar tahlili ko‘rib o‘tilgan. Ikkinchi qismda esa, ERI dasturining dasturiy
modulining ishlash jarayoni ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: