Magnoliyatoifalarning klassifikatsiyasi
O‘simlik ma’lum yoshga yetgach, ko‘payish organlarini hosil
9
qiladi. Bu organlar generativ organlar deb yuritiladi. Generativ
organlarga gul hamda undan rivojlangan urug‘ va meva kiradi.
Bir va ikki yillik o‘simliklar o‘z hayoti davomida bir marta
gullab urug‘ beradi. Ko‘p yillik o‘simliklar esa hayoti davomida
ko‘p marta gullaydi va urug‘ beradi. Bunday o‘simliklar polikarp
o‘simliklar deyiladi. Shunday o‘simliklar borki, ular ko‘p yil
yashasada umrida bir marta gullaydi. Bularga agavalar, ayrim
bambuklar, shuningdek bizda o‘sadigan Ferula turkumiga
mansub ayrim yirik soyabondoshlar kiradi. O‘z umrida bir marta
gullaydigan va urug‘ beradigan bunday o‘simliklarni monokarp
o‘simliklar deyiladi.
GULNING TUZILISHI VA UNING QISMLARI. Gul aslida shakli
o‘zgargan novda bo‘lib, uning qismlari bajaradigan vazifasiga
ko‘ra metamorfozga uchragan. To‘liq gul quyidagi qismlardan:
gulbandi, gulo‘rni, gulqo‘rg‘on, gultoji, changchi va mevachidan
iborat. Gulbandi gulni novdaga biriktirib turadi. Gulbandining
yuqori qismi kengaygan bo‘lib, u gulo‘rni deb yuritiladi. Gulning
qolgan barcha qismlari ana shu gulo‘rniga birikkan bo‘ladi.
Gulkosa gulning tashqi qismi. U ko‘k rangdagi bargchalardan
iborat bo‘lib, ular gulkosachabarglar deb yuritiladi. Ularning
soni
turli
o‘simliklarda
turlicha
bo‘ladi.
Masalan,
krestguldoshlarda 4, ra’noguldoshlarda 5 tadan bo‘ladi.
Gulkosachabarglar alohida yoki qo‘shilib o‘sgan bo‘ladi. Ular
guldan kelib chiqqan bo‘lib, asosiy vazifasi gulning ichki nozik
10
qismlarini himoya qilishdan iborat. Gultoji, odatda, chiroyli
ranglarga bo‘yalgan bo‘ladi. U to‘g‘ri, yani aktinomorf va
noto‘g‘ri, yani zigomorf bo‘ladi. Aktinomorf gullarda
tojbarglarni o‘lchami va shakli bir xil, simmetrik joylashgan
bo‘ladi (masalan, nargiz). Zigomorf gullarda esa toj barglarning
shakli va o‘lchami har xil, simmetrik joylashmaganligi uchun
undan faqat bitta tekislik o‘tkazish mumkin (masalan, no‘xat).
Shuningdek assimetrik gultoji ham bo‘lib, undan bironta ham
tekislik
o‘tkazib
bo‘lmaydi.
Gultojining
rangi
undagi
pigmentlarga bog‘liq. Oq rangli gultojibarglarda esa pigmentlar
bo‘lmaydi. Bu ranglar hasharotlarni jalb qilish uchun xizmat
qiladi. Gultojining asosiy vazifasi esa changchi va urug‘chilarni
himoyalashdan iborat. Gultoji va gulkosa birgalikda gulqo‘rg‘on
deb yuritiladi.
Gulning asosiy qismi changchi va urug‘chilar hisoblanadi.
Alohida olingan changchi (uni mikrosporofill deb yuritiladi),
odatda, changchi ipi va changdondan iborat. Changdonning
o‘rtasidan bog‘lagich o‘tgan va u aslida changchi ipining davomi
hisoblanadi. Bog‘lagich changdonni ikkiga bo‘lib turadi. Har
qaysi bo‘lakning ham o‘rtasidan to‘siq o‘tgan. Shunday qilib, har
qaysi changdon 4 ta chang uyasidan iborat. Changchilar gulda 1
tadan bir nechta, xatto o‘ntagacha bo‘lishi mumkin. Ularning
soni bir turga mansub o‘simliklarda, odatda, bir xil, shu sababli
bu asosiy sistematik belgilardan biri hisoblanadi. Masalan,
11
g‘allalarda ularning soni 3 ta, dukkaklilarda 10 ta va hokazo.
Guldagi changchilar to‘plami esa androsey deyiladi.
Changdonda chang etiladi. Changlarning o‘lchami kichik,
odatda, 5-150 mkm ga teng bo‘ladi. Shakli esa shar va oval
shaklda, tarkibi ko‘plab oziq moddalar: qand, yog‘, mineral
tuzlar, oqsil va vitaminlarga boy.
Gulda bitta yoki bir nechta urug‘chi bo‘lishi mumkin.
Guldagi urug‘chilar to‘plamini ginesey deb yuritiladi. Urug‘chi
urug‘langandan so‘ng meva hosil bo‘ladi, shu sababali uni
ba’zan mevachi ham deb yuritiladi. Urug‘chi, odatda, 3 qismdan:
tuguncha, ustuncha va og‘izchadan iborat. Og‘izcha turli
tuzilishiga ega, lekin ularning hammasi changni yaxshi ushlab
qolishga moslashgan. Ustuncha qabul qilingan changni
tugunchaga o‘tkazish vazifasini bajaradi, Tuguncha ichida
urug‘murtak joylashib, urug‘lanish jarayonidan keyin unda
urug‘ etiladi. Tugunchadan meva, tuguncha devoridan esa meva
qati hosil bo‘ladi.
Agarda gulda ham androsey, ham ginesey bo‘lsa, u ikki
jinsli gul deyiladi. Bir jinsli gullarda faqat androsey yoki ginesey
bo‘ladi. Faqat adroseyi bo‘lgan gullar bir jinsli erkak gul, faqat
gineseyi bo‘lgan gullar esa bir jinsli urg‘ochi gul deyiladi.
Erkak va urg‘ochi gullar bitta o‘simlikning o‘zida joylashgan
bo‘lsa, bular bir uyli o‘simlik deyiladi. Masalan, yong‘oqning
12
yosh novdalari uchida urg‘ochi gullar, ikki yillik novdalarida
sirg‘asimon to‘pgulda esa erkak gullari joylashgan. Demak, bu
o‘simlik bir uyli hisoblanadi. Agarda erkak gullari bir o‘simlikda,
urg‘ochi gullari boshqasida joylashgan bo‘lsa, ikki uyli o‘simlik
deyiladi. Ismaloq, nasha, tol, terak, oblipixa, archa, aylant va
boshqalar bunga misol bo‘ladi.
Gulning tuzilishini formula shaklida ifodalash mumkin.
Buning uchun uning qismlari quyidagi belgilar bilan ifodalanadi:
gulkosa – Ca (Calyx), gultoji – Co (Corolla), gulqo‘rg‘on – P
(Perigonium), androsey – A (Androeceum), ginesey – G
(Gynoeceum).
Gullarning tipi ham shartli belgilar bilan ifodalanadi:
— ikki jinsli gul;
— bir jinsli urg‘ochi gul; —
bir
jinsli erkak gul;
— zigomorf gul;
— aktinomorf gul; () —
birikib o‘sganligini bildiradi. Gul qismlarining soni esa rakamlar
bilan
ifodalangan: Ca
5
, Co
6
. Mabodo ularning soni 10 tadan
oshsa, ∞ belgisi qo‘yiladi.
Sabzining gul formulasi quyidagacha ifodalaiadi: Ca
5
Co
5
A
5
G
(2)
TO‘PGUL, UNING TIPLARI. Aksariyat o‘simliklarda gullar
to‘p-to‘p bo‘lib joylashadi va ular to‘pgullar deyiladi.
To‘pgullarning shakli, o‘lchami va undagi gullar soni turlicha
13
bo‘ladi. SHoxlanishiga ko‘ra esa ular monopodial va simpodial
to‘pgullarga bo‘linadi.
Monopodial to‘pgullarning asosiy o‘qi rivojlangan va
gullarining soni noaniq bo‘ladi va ular noaniq to‘pgullar ham
deyiladi.
Bu tipdagi to‘pgullarda gullar uning birinchi tartib o‘qida
joylashgan bo‘lsa, oddiy to‘pgul, ikkinchi yoki uchinchi
tartibdagi o‘qiga o‘rnashgan bo‘lsa, murakkab to‘pgul deyiladi.
Oddiy monopodial to‘pgullarga boshoq (zubturumda),
kuchala (yong‘oqda), so‘ta (makkajo‘xorida), shingil (karamda),
qalqoncha (nokda), soyabon (soyabonguldoshlarda), boshcha
(sebargada) misol bo‘ladi.
Murakkab mopopodial to‘pgullarga murakkab boshoq
(bug‘doy va arpada), murakkab soyabon (sabzi va ukropda),
ro‘vak (sholi, qo‘ng‘irboshda) kabilar kiradi.
Simpodial to‘pgullarning o‘qi qisqa bo‘lib, u gul bilan
tugaydi. Ular aniq to‘pgullar ham deyiladi. Bu to‘pgullarga
quyidagilar kiradi:
1. Monoxaziy to‘pguli ikki xil bo‘ladi:
hasharotlar yordamida changlanish yopiq urug‘lilarning
hukmronligi davrida ko‘paygan.
14
Yopiq urug‘lilarning shamol yordamida changlanishi esa
evolusiyaning keyingi davrida paydo bo‘lgan. Anemofill
o‘simliklar filogenetik jihatdan ancha yosh o‘simlik. Gidrofiliya
prinsip
jihatdan
anemofiliyadan,
entomofiliya
esa
ornitofiliyadan farq qilmaydi.
O‘z-o‘zidan changlanish ham ikkilamchi hodisa. Aftidan
qandaydir holatlar o‘simliklarni o‘z-o‘zidan changlanishga
majbur etgan. Ushbu changlanishdan hosil bo‘lgan avlodning
nasli boy emas, shu sababli u kuchsiz bo‘ladi.
Shu nuqtai nazardan ksenogamiya, ya’ni bir o‘simlik
indinidiumida joylashgan guldagi changdondan chiqqan chang
ikkinchi o‘simlik gulining urug‘chisiga tushishi va geytenogamiya
– bir gulning changdonidan chiqqan chang shu o‘simlikdagi
boshqa gul urug‘chisining tumshuqchasiga tushishi natijasida
to‘laqonli avlod hosil bo‘ladi. Shu sababli ikki uylilik xodisasi bir
uylilikka qaraganda progressiv hisoblanadi.
Umuman olganda, ko‘pchilik o‘simliklarni guli ikki jinsli,
lekin ularda avtogamiya yo‘li bilan changlanishdan qochish
uchun turli moslashuvlar mavjud. Xususan, aksariyat o‘simliklar
changi va urug‘chisi har xil vaqtda etiladi va bu hodisa
dixogamiya deb yuritiladi. Dixogamiyada ayrim o‘simliklarni
changchisi etilganda urug‘chisi uni qabul qilishiga tayyor
bo‘lmaydi va uni protoandriya hodisasi deyiladi. Boshqa
15
o‘simliklarda esa uning teskarisi, yani urug‘chi etilganda
changchi etilmagan bo‘ladi va uni protogeniya hodisasi deb
yuritiladi.
O‘simliklar changlanish usuliga qarab turli xil xususiyatlarga
ega bo‘ladi.
Entomofill o‘simliklarning guli o‘tkir rangda va gulida
nektar bezlari bo‘ladi. Odatda, ular chuqur joylashadi.
Shuningdek ularning changlari yirik va yopishqoq bo‘lib,
hasharot oyog‘iga yopishishga moslashgan.
Ornitofill o‘simliklar, odatda, faqat tropik o‘rmonlarda
uchraydi, chunki bu joylarda kichik qushlar yashaydilar. Bu
guruhga mansub o‘simliklar gulining
ekanligi kuzatiladi. Masalan, Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae)
dan Fikariya (Ficaria) da, Navro'zguldosh (Prirnulaccac) lardan
siklamcn (Ceclamcn) da va umuman 40 tacha misolda shunday
tuzilishni kuzatish mumkin. Lolasimonlardan esa Agafantus
(Agaphanthus) va sitxrantus (Cythranthus) da urug'larning ikki
urug'pallali ekanligi aniqlangan. Ba’zi chetlanishlarga
qaramasdan bu belgi ikkala ajdodni ajratuvchi eng muhim
belgidir.
2. Magnoliyasimonlarda urug'pallalar lateral (ikki yon tomonda),
Lolasimonlarda esa terminal, ya’ni poyachaning uchida
o'rnashgan.
3. Magnoliyasimonlarning ildizi ikkilamchi yo'g'onlashishga ega,
16
kambiy halqasi bor va o'q ildiz sistemasi shakllanadi;
Lolasimonlarda aksincha, asosiy ildiz nobud bo'ladi, kambiy
halqasi yo'q, qo'shimcha ildizlardan popuk ildiz sistemasi
shakllanadi.
4. Magnoliyasimonlarning poyasida kambiy halqasi mavjud va
shu
sababdan
ikkilamchi
yo'g'onlashuv
sodir
bo'ladi;
Lolasimonlarda
esa
kambiy
yo'q,
poya
ikkilamchi
yo'g'onlashishga ega emas. Ammo mustasno tarzda daraxtsimon
liliyasimonlardan Dratsena (Dracaena) va Kordilina (Cordylinc)
larda ikkilamchi yo'g'onlashuv mavjud, u poyaning periferik
qismida yangi nay-tolali tutamlar hosil bo'lishi hisobiga sodir
bo'ladi. Ammo ba’zi liliyalar (Lilium), makkajo'xori (Zea mays),
qo'g'alar (Tupha) va boshqalarda dastlab kambiy bo'ladi, ammo
tezda
uning
faoliyati
to'xtaydi.
Ayiqtovondoshlar
(Ranunculaceae) dan podofillum da (ikki urug'pallalilar) kambiy
butunlay yo'q.
5. Magnoliyasimonlarning barglari juda xilma-xil: oddiy,
murakkab bandli, o'troq; qinli, qinsiz, yonbargchali; butun,
kesilgan, bo'lakli; asosan to'rsimon va patsimon tomirli, ba’zan
bargsiz turlari ham mavjud. Lolasimonlarda esa barglari oddiy,
bandsiz, qinli yoki qinsiz, parallel yoki yoysimon, tomirlangan,
yonbargsiz yoki bir yonbargli. Patsimon bo'lakli barglarni faqat
palma va aronniklardagina ko'rish mumkin. Ammo ikki
urug'pallalilardan
Chinniguldoshlar
(Caryophyllaceae)
va
Zupturumdoshlar (Plantaginaceae) ning barglari ensiz, qinli,
parallel yoki to'rsimon tomirlangan.
|