173
4 – bajarilgan ta’mirlash – qurilish ishlari kompleksi;
5 – qurilish materiallari, konstruktsiyalari, buyumlari;
6 – qurilish materiallari, konstruktsiyalari, buyumlarini yetkazib beruvchi-
larga ajratiladigan pul mablag’lari;
7
-
tarmoq ichida bog’langan turdagi ishlab chiqarish diversifikatsiyasi
doirasida bajarilgan qurilish-montaj va qurilish – ta’mirlash ishlari;
8
-
tarmoq ichida bog’langan turdagi ishlab chiqarish diversifikatsiyasi
doirasida tuzilgan pudrat shartnomalari.
Material yetkazib beruvchilar, xizmat ko’rsatuvchilarning egallagan o’rni
(pozitsiyasi) ham ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko’rsatilayotgan xizmatlar)
narxi va sifati, tarmoqning iste’molchi sifatidagi mavqei (ahamiyati) va xaridorlar
talablarini differentsiallashgan holda hisobga olish bilan aniqlanadi. Yuqorida
sanab o’tilgan omillar alohida regionlarda faoliyat yuritayotgan ixtisoslashgan
korxonalar soni, ularning quvvati, ya’ni bir jinsli mahsulot chiqarish bo’yicha
ishlab chiqarish quvvatlarining kontsentratsiya darajasi, alohida turdagi ishlar va
xizmatlar bajarilishi uchun ahamiyat kasb etadi. Boshqa tomondan, investorlar va
xaridorlar tomonidan ularning mahsuloti, ishlari, xizmatlariga qo’yiladigan talab
va ehtiyojlar hajmini hisobga olish zarurdir.
Dostları ilə paylaş: