176
saviyali ishchi kuchidan foydalanish esa ko’p jihatlar bo’yicha korxonaning
raqobatbardoshlik darajasini aniqlab beradi.
Real bankrotlik xavfi ko’plab qurilish korxonalarini ular tomonidan
olinadigan daromadlar sarflangan xarajatlarni kam foyda olish bilan yoki umuman
foydaga ega bo’lmagan holda qoplaydigan sharoitlarda ishlashga majbur qiladi.
SHunday qilib, ular mavjud holatdan chiqib ketishlari uchun oddiy tur (tip) dagi
(moliyaviy vositalarni jalb qilmasdan) ishlab chiqarish diversifikatsiyasini
o’tkaztshga majbur bo’ladilar.
Ko’p sonli (massali) ishsizlik yuzaga kelgan paytda, ayniqsa regional
miqyosda qurilish korxonalaridan ozod etilgan ishchilarga yangi ish o’rinlarini
topish juda qiyindir, bu esa o’z navbatida jamiyat hayotida ijtimoiy
kuchlanganlikni kuchaytiradi. Bularning hamasi qurilish korxonalari ishlab
chiqarish diversifikatsiyasi jarayonining naqadar ijtimoiy ahamiyatga ega
ekanligidan darak beradi.
Shunday qilib, diversifikatsiya variantlarini tavsiya etilayotgan mezon
(kriteriya) ko’rsatkichlar bo’yicha solishtirish ishlab chiqarish diversifikatsiyasini
amalga oshirish usulini tanlash haqida qat’iy qaror qabul qilishga shart-sharoit
yaratadi, ya’ni qanday qilib mavjud bo’lgan ixtisoslashgan ishlab chiqarishdan
kengaytirilgan ishlab chiqarishga o’tish yo’llarini ko’rsatib beradi.
1 2
3 5
Dostları ilə paylaş: