O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/125
tarix09.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#129882
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   125
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Yangi qurilishga
- yangi maydonchalarda va maxsus ishlab chiqilgan 
loyihaga muvofiq amalga oshiriladigan korxonalar, binolar va inshootlarni qurish 
kiradi. 
12
O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Sh.Mirziyoevning 
Oliy 
Majlisga 
Murojaatnomasi. 
http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliasy-28-12-2018
 


46 
Mavjud korxonaning
kengaytirilishi - 
yoxud
 
yangi loyihalar bo’yicha
keyingi qo'shimcha ishlab chiqarish ko’mplekslari navbatlari qurilishi, yoxud
asosiy, yordamchi va xizmat ko'rsatuvchi ishlab chiqarish sex(ustaxona)lar 
qurilishi yoki kengaytirilishi hisoblanadi. Odatda, u faoliyat ko'rsatayotgan 
korxona hududida yoki qo'shni (tutash) maydonchalarda amalga oshiriladi. 
Qayta qurish
(rekonstruktsiya)
– bu to’liq yoki qisman qayta jihozlash, 
yoki 
mavjud 
korxonanani 
ishlab 
chiqarishni 
mexanizatsiyalash 
va
avtomatlashtirish orqali ma'naviy eskirgan va jismonan emirilgan uskunalarni 
almashtirish hamda texnologik bog’lanish(bo’g’in)lar va yordamchi xizmatlardagi 
nomutanosibliklarni yo'qotish hisoblanadi. Qayta qurish vaqtida eski sexlarning 
o’rniga yangilarini qurishga ruxsat beriladi.
Texnik qayta qurollantirish(jihozlash) 
– bu zamonaviy texnika va 
texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va 
avtomatlashtirish, eskirib qolgan uskunalarni modernizatsiya qilish va 
almashtirish, ishlab chiqarishni tashkil qilish va tuzilmasini takomillashtirish orqali
alohida ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar 
majmuidir. Bu ishlab chiqarishni jadallashtirish, uning salohiyatini oshirish va 
mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan. 
Moliyaviy va ayniqsa yer resurslari cheklanganligi sharoitida, bir tomondan, 
ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lgan korxonalardan yanada yaxshiroq 
foydalanish, boshqa tomondan esa, yangi qurilish nisbatan cheklanganlik 
xarakteriga ega bo’lib, odatda, u zarur hollarda amalga oshiriladi. Shu sababli 
bugungi kunda mahsulotlarning yangi turlarini o’zlashtirish va ishlab chiqarishini 
ko’zlagan korxonalar hayotida investitsiyalashning keng tarqalgan sohalari bo’lib, 
mavjud ishlab chiqarishni qayta qurish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta 
qurollantirish hisoblanadi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin