O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t
11.2. Qurilish korxonalari ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmalari
159
Qurilish ishlab chiqarishida korxonalar (tashkilotlar, firmalar)ga birlashgan
turli jamoalar faoliyat yuritadi. Bunda ular ma’lum bir ishlab chiqarish va iqtisodiy
munosabatlar orqali birlashadilar.
Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida faoliyat yurituvchi sanoat ishlab
chiqarishiga tegishli bo’lgan barcha xususiyatlar qurilishga ham tegishlidir. Biroq
u bir qator o’ziga xos jihatlar va xususiyatlarga ham ega. Ishlab chiqarish
jarayonida qurilish mahsuloti ko’chmas mulk bo’lsa, mehnat qurollari va
predmetlari esa ko’chuvchan bo’ladi. Qurilish ochiq havoda, turli iqlimiy va tabiiy
sharoitlarda, har xil muddatlarda olib boriladi (bir necha oylardan boshlab to bir
necha yillar davom etadi).
Qurilish unda bajariladigan jarayonlar tashqi omillar bilan bog’liqligi sababli
boshqa sohalardan keskin farq qiladi.
Qurilishda asosiy, yordamchi va tashqi yordam ko’rsatuvchi korxonalar,
shuningdek, qurilish korxonasi (tashkiloti, firma) tarkibiga kiruvchi uchastkalar,
tsexlar, xo’jaliklar, bo’limlar faoliyat yuritadi.
Ular 11.1-rasmda ko’rsatilgan korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasini
tashkil etadi.
Korxona (qurilish tashkiloti, firmasi) tashkiliy tuzilmasi – bu menejment
tizimini yaratish va uning faoliyatini koordinatsiyalash, berilgan dastur (beznes
reja)ni bajarish bo’yicha boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish va amalga oshirish
bilan shug’unllanuvchi bo’limlar va xizmatlar yig’indisidir.
Qurilish tashkilotlarining zamonaviy tashkiliy tuzilmalari bajariladigan
qurilish-montaj ishlari (QMI) hajmi va qurilish ob’ektlarining hududiy
joylashganligiga bog’liq ravishda ko’plab turli shakl(modifikatsiya)larga ega. Ular
quyidagi belgilar bo’yicha turkumlanadi:
- shartnomaviy kelishuvlar (kontrakt) tavsifi bo’yicha bosh pudratchi va
subpudratchi korxonalar;
- bajariladigan ish turlari bo’yicha asosiy umumqurilish ishlari (er ishlari,
beton quyish, konstruktsiyalarni montaj qilish va h.k.) ni bajaruvchi umumqurilish
160
korxonalari, bir xil turdagi yoki bir jinsli ishlar kompleksi (pardozlash, tom yopish,
elektromontaj, santexnika) ni bajaruvchi ixtisoslashgan korxonalar.