18
Ta’kidlash lozimki, O’zbekiston respublikasi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunga
muvofiq auditorlik tekshiruvlari majburiy va tashabbus tarzidagi shakllarda amalga oshiriladi;
Auditorlik faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishning ushbu bosqichidagi muhim
yo’nalishlaridan biri bo’lib O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 27 sentyabr 2006 yildagi
475-sonli “Qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
qarorining qabul qilinishi hisoblanadi.
Shunday qilib, yuqoridagi qarorda quyidagilar ko’zda tutilgan, ya’ni 2007 yil 1
yanvardan boshlab aktivlarining balans qiymati 1 mlrd. so’mdan ortiq bo’lgan korxonalarda
ichki audit tashkil etilishi lozim bo’lib, u kuzatuv kengashi tomonidan tayinlanadi va o’z
navbatida unga hisobot beruvchi hisoblanadi va shuningdek ustav kapitalida davlat aktsiyalari
paketi(ulushi) 50 foizdan ortiq bo’lgan korxonalarda tashqi auditni o’tkazish uchun auditorlik
tashkilotlari, O’zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish qo’mitasi va Moliya vazirligi
tomonidan aniqlanadigan ro’yxatga muvofiq tanlov asosida tanlab olinadi.
Dostları ilə paylaş: