Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds


bossism (nazorat orqali boshqarish);  choicism



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

bossism
(nazorat orqali boshqarish); 
choicism


15 
(raqobat orqali nazorat qilish); 
groupism
(o‘zaro nazorat); 
chancism
(o‘ylab 
topilgan tasodifiylik bilan nazorat qilish)[41]. 
B.I.Ismoilovning fikricha, jamoatchilik nazorati deganda, fuqarolik jamiyati 
institutlarining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning birlashmalari, 
davlat hokimiyati organlari va boshqaruvi ustidan nazorati tushuniladi[56; 46-b.]. 
R.Hakimovga ko’ra jamoatchilik nazorati − kuchli fuqarolik jamiyatining 
ajralmas belgilaridan bo‘lib, fuqarolik jamiyati institutlari, keng jamoatchilik 
tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, ularning mansabdor shaxslari 
faoliyatini qonunga muvofiqlik nuqtayi nazaridan muntazam nazorat qilishni 
anglatadi[37; 5-b.]. Ushbu ta’riflarda R.Hakimov va B.I.Ismoilovlar jamoatchilik 
nazoratini shunchaki nazorat turi sifatida emas, balki fuqarolik jamiyatini muhim 
belgisi sifatida qarab, u davlat organlari faoliyatini qonunga muvofiqligini 
ta’minlovchi ta’minlovchi me’zon sifatida baholaydi. Bundan jamoatchilik 
nazoratiga xos bir qator xususiyatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. 
1. Ijtimoiy nazoratning muhim shakli ekanligi; 
2. Nazorat shakli sifatida qonuniylikni ta’minlovchi kuchga ega eganligi; 
3. Nazoratni amalga oshiruvchi subyektning huquqiy-siyosiy onga ega 
bo‘lishini talab qilishi; 
4. Fuqaro-ijtimoiy institut-davlatning bir-birlari o‘rtasida mas’ulligi 
ta’minlashi kabilar. 
Y.Y.Ollamovning keltirib o‘tishicha, jamoatchilik nazorati − fuqarolik 
jamiyati institutlarining davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatini 
normativ-huquqiy standartlarga mos, muvofiqligini tekshirish va aniqlangan huquq 
buzilishlarni (tegishli davlat organlariga murojaat qilish orqali) tuzatish maqsadidagi 
tizimli faoliyatdir[32; 32-b.]. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan fikr mulohazalar tahlili jarayonida ushbu 
fenomenga nisbatan bizda quyidagi
ta’rif yuza keldi: “Jamoatchilik nazorati – xalq 
manfaatlarini ishonchli himoya qiluvchi tizim bo‘lib, davlat organlari faoliyati 
ustidan qonuniy nazorat olib boruvchi, ya’ni “Xalq ko‘zgusi” vakolatiga ega bo‘lgan 


16 
jamoatchilik institutlarining umummilliy harakati hisoblanadi”. Bunday jamiyatga 
erishgan xalqda quyidagi imkoniyatlar yuzaga keladi: 
Birinchidan, jamiyatni isloh qilishning o‘ziga xos yo‘nalishi, ya’ni xalq uchun 
munosib yashash sharoitini ta’minlash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga 
kirish, ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirish orqali barqaror ijtimoiy 
o‘zgarishlarni amalga oshirish[76]. 
Ikkinchidan, keng jamoatchilik nafaqat o‘z vakillari orqali qonunlar 
yaratishda yoki ularning ijrosi sifatli ta’minlanishida ishtirok etishi, balki bu 
jarayonlar ustidan ijtimoiy nazoratni olib borishi uchun ham imkon tug‘iladi. 
Uchinchidan, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining ijtimoiy 
hayotdagi samaradorligi ta’minlanishi, ya’ni natijadorlikka erishishi, ularni davlat 
organlari tomonidan ijro sifati ustidan nazorat qiluvchi mexanizmlar yuzaga 
kelishiga sabab bo‘ladi. 
Yuqoridagi fikrlarni, M.A.Axmedshayeva, M.K.Najimov, Sh.A.Saydullayev, 
X.R. Muxamedxodjayevalarning “Jamoatchilik nazorati − fuqarolik jamiyatini 
shakllantirishning muhim omili” nomli monografiyasida keltirilgan fikrlari orqali 
asoslash mumkun. “Davlat organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati 
amalda mavjud bo‘lmasa, xalq suvereniteti, davlatning demokratik xususiyati, 
davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi, oshkoralik prinsipi amalda 
ishlamaydi”[20; 7-b.]. 
Umuman olganda jamoatchilik nazoratini davlat organlari faoliyatiga 
bosqichma-bosqich kiritib borish, birinchidan tarixiy zarurat hisoblanib, huquqiy 
demokratik tamoyillarga asoslangan fuqarolik jamiyatini qurishga intilayotgan har 
qanday davlat uchun bosh mezondir. Chunki, jamiyatning milliy taraqqiyot negizi 
islohotlarga nisbatan jamoatchilik nazoratini qay tariqa kechayotganligida ko‘rinadi. 
Boshqacha aytganda, davlat qachon o‘z vazifasini muvaffaqiyatli ado etadi? 
Qachonki davlat idoralari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazorati 
o‘rnatilgan bo‘lsa[2; 489-b.]. Ikkinchidan, jamoatchilik nazoratini ta’minlash, ya’ni 
jamiyatda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy o‘zgarishlarga 
nisbatan jamoatchilik kayfiyati qay darajada shakllanayotganini o‘rganish, 


17 
jamoatchilik bildirayotgan fikrlarni tahlil etish, davlat boshqaruvida ichki nazorat 
tizimini 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin