(jamoatchilik nazoratini)
tashkillashtirish, xalqaro tamoyillarga mos
demokratik boshqaruv mexanizmini o‘rnatilishiga olib keladi[39; 101-b.]. Ya’ni,
xalq manfaatlari ustuvor bo‘lgan jamiyatini barpo etishda jamoatchilik nazoratini tizimli
yo‘lga qo‘yish eng maqbul yo‘ldir.
Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmi namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra
bir qator elementlarga tayanadi. Bu borada ilmiy tadqiqotlarda quyidagilar ilgari surilmoqda:
− jamoatchilik nazorati bu fuqarolar faolligining murakkab shakli bo‘lib, u
ayni paytda yuqori malakali ekspertlar va tashkilotchilarga ega bo‘lishni taqozo
etadi;
− fuqarolarning siyosiy huquqlarini realligi va kafolatlanganlik darajasi;
− nazorat obyekti bo‘lgan organ faoliyatining ommaviylik darajasi;
− davlat organi yoki muassasani keng jamoatchilikka ma’lumotlar bera olish
darajasi;
− nazorat obyekti faoliyati borasida keng jamoatchilik fikrini shakllanganlik
holati;
− nazorat obyekti faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borishning
huquqiy asoslari;
− nazorat qilishning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi huquqiy normalarni
tadbiq etishning realligi[20; 43-b.] kabi elementlar, jamoatchilik nazoratini olib
borish uchun vakillik organlariga ijtimoiy-huquqiy kafolat beradi. Ammo ular, o‘z
vakolat doirasida jamoatchilik nazoratini olib borish jarayonida O‘zbekiston
Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunida belgilab qo‘yilgan
tartib qoidalarga qat’iy rioya etgan holda nazorat shaklini amalga oshiradi.
Jumladan, ular quyidagi shakllardan chiqmagan holda o‘z faoliyatini
muvofiqlashtirish huquqiga ega hisoblanadi:
Davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar yuborish – jamoatchilik nazorati
subyektlari davlat organlariga arizalar, shikoyatlar va takliflar bilan murojaat
qilishga, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ularga so‘rovlar yuborishga
haqli[82] hisoblanadi.
18
Davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish − jamoatchilik
nazorati subyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlarining ochiq
hay’at majlislarida ishtirok etish huquqiga ega. Davlat organlari o‘zining ochiq
hay’at majlislarida jamoatchilik nazorati subyektlari ishtirok etishi uchun
sharoitlar[82] yaratib berish majburiyatini oladi.
Jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish
− ijtimoiy ahamiyatga molik
masalalarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar, davlat organlarining boshqa
qarorlari loyihalarini ommaviy muhokama qilish, shuningdek, jamoatchilik
muhokamasining ishtirokchilari jamoatchilik muhokamasiga kiritilgan masalalar
yuzasidan o‘z fikrini erkin bildirishga va takliflar kiritishga haqli bo‘lib,
jamoatchilik muhokamasi ommaviy axborot vositalari orqali va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda[82] o‘tkazilishiga qaratiladi.
Jamoatchilik eshituvini tashkillashtirish
− Davlat organlari, mansabdor
shaxslarining faoliyatiga taalluqli va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yoxud
fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat
manfaatlariga daxldor masalalarni muhokama qilish uchun tashkil etiladigan
yig‘ilish jamoatchilik eshituvi deyiladi[82]. Bu jarayonni nodavlat notijorat
tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot
vositalari tashkillashtiradi. Jamoatchilik eshituvi turli ijtimoiy guruhlarning
vakillari, shu jumladan muhokama etilayotgan masala o‘z huquqlari va qonuniy
manfaatlariga daxldor bo‘lgan yoki daxldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar
ishtirokida o‘tkazilishi mumkin[77].
Jamoatchilik monitoringini o‘tkazish − Davlat organlari va mansabdor
shaxslarining faoliyatini jamoatchilik manfaatiga daxldor axborotini yig‘ish,
umumlashtirish va tahlil etish orqali kuzatish jamoatchilik monitoringini olib borish
maqsadi bo‘lib, jamoatchilik monitoringini nodavlat notijorat tashkilotlari,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoatchilik nazoratining boshqa
subyektlari
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda o‘tkazishga haqli
hisoblanadi[82].
19
Jamoatchilik ekspertizasi – normativ-huquqiy hujjatlar va davlat
organlarining boshqa qarorlari loyihalari fuqarolarning, yuridik shaxslarning
huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga muvofiqligini aniqlash
maqsadida
nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari va ommaviy axborot vositalari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda
o‘tkazish huquqiga egadir[82].
Jamoatchilik fikrini o‘rganish
− turli ijtimoiy guruhlarning normativ-huquqiy
hujjatlar, loyihalar to‘g‘risidagi, davlat organlari, mansabdor shaxslarining
qonunchilik talablariga qay darajada rioya etayotganligini, shuningdek, ular
tomonidan fuqarolar, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini,
jamiyat manfaatlarini ta’minlashga doir faoliyati to‘g‘risidagi fikrini baholash
maqsadida axborotni yig‘ish, umumlashtirish hamda tahlil etishdan iboratdir[82].
O‘zini o‘zi boshqarish (Fuqarolik institutlari) organlari tomonidan davlat
organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish ham
jamoatchilik nazoratini olib boruvchi subyektiv organlar vakolatiga kirib, bunda
ular tomonidan quyidagi eshituvlar amalga oshiriladi:
− Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va
shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yig‘inlari
faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlari;
− ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari, joylardagi ta’lim
muassasalari rahbarlarining hisobotlari;
− tegishincha oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari
rahbarlarining axboroti;
− tegishli hududda joylashgan tashkilotlar rahbarlarining atrof-muhitni
muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish va
ko‘kalamzorlashtirish masalalariga doir hisobotlarini[77] eshitish vakolatiga ega
hisoblanadi.
Shuningdek, jamoatchilik nazoratini olib boruvchi institutsional tizim
subyektlari davlat organlari faoliyati ustidan samarali “nazorat tizimini” o‘rnatishda
20
bir qator funksiyalardan foydalanish huquqiga ham ega bo‘lib, bularga quyidagilarni
kiritib o‘tish mumkin:
− Davlat organlari va jamiyatning o‘zaro tiyib turish va manfaatlar
muvozanati tizimini ta’minlash;
− Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunlarga,
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va
ularning ta’minlanishi ahvoli to‘g‘risida fuqarolarni xabardor kilish;
− Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga rioya
qilmaslik holatlarini aniqlash va keng jamoatchilikni xabardor qilish;
− Hokimiyat organlariga qarorlar qabul qilish jarayoniga ijobiy ta’sir etish va
aniq, amaliy mexanizmlarni, bir tomondan, jamiyatning intellektual resurslaridan,
ikkinchi tomondan, axborot texnologiyalarining oxirgi yutuqlaridan foydalangan
holda ta’sir etish;
− Jamiyatda ijtimoiy adolat prinsipini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish,
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasida
fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlarining hamkorligini ta’minlash;
− Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni
qonunchilikka muvofiq davlat organlaridan so‘rab olish.
− Fuqarolarning, yuridik shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlari, jamiyat
manfaatlari buzilganligi faktlari aniqlangan taqdirda, materiallarni huquqni
muhofaza qiluvchi organlarga yuborish;
− Davlat organlarining qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarini
xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga
yoki mansabdor shaxsga yoxud qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat
qilish[32; 163-164-b.] va boshqa huquqlarga egadirlar.
Jamoatchilik nazoratini olib borish vakolatiga ega bo‘lgan institutlar hamda
subyektlar faoliyatini tartibga solish, ularning huquq va majburiyatlarini belgilab
berishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati
to‘g‘risida”gi qonunida
(2018 yil 12 aprel, O‘RQ-474-son)
, quyidagi prinsiplar
kiritilgan:
21
−
Dostları ilə paylaş: |