Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds


jamoatchilik nazorati subyektlarining davlat organlari, ularning



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

jamoatchilik nazorati subyektlarining davlat organlari, ularning 
mansabdor shaxslari faoliyatiga asossiz aralashuviga va ularga g‘ayriqonuniy 
ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmasligi;


24 
Izoh:
fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim shartlaridan biri – 
mamlakat hayotida fuqarolik jamiyatining institutlari sanalmish nodavlat va jamoat 
tashkilotlarining mavqei hamda ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. 
Jamiyatni yanada demokratlashtirish va fuqarolik institutlarini shakllantirish, 
avvalo, aholi siyosiy faolligining o‘sishi, uning siyosiy, ijtimoiy va davlat hayotida 
nechog‘li faol ishtirok etishi bilan uzviy bog‘liq[82]. Nodavlat notijorat va jamoat 
tashkilotlari faolligini oshirish fuqarolarning xususiy hayoti sohasiga davlat 
aralashuvini kamaytirish, qonun vositasida cheklash bilan bog‘liq[104]. Bu 
jarayonni tashkillashtiruvchi tizim – jamoatchilik nazorati deyiladi. Ammo, har 
qanday masalalar bo‘yicha xalq nomidan tekshiruv o‘tkazish, hukumat organlari 
faoliyatiga to‘siq bo‘lish ham mumkinligi inobatga olinib, jamoatchilik nazoratini 
takomillashtirishga qaratilgan ijtimoiy-huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqilishi 
ortidan − davlat organlari va jamoatchilik subyektlari o‘rtasidagi umumiy 
muvozanatni yaratish mumkin. 
Ushbu paragraf bo‘yicha quyidagicha xulosaga kelish mumkin: 
Birinchidan, Davlat va uning boshqaruvi qo‘lidagi idoralar va ularning 
mansabdor shaxslarining turli suiiste’molliklaridan himoya qilish, bir tomondan
bevosita ularning iyerarxik tuzilishi va javobgarligi, ikkinchi tomondan jamoa, 
korporatsiyalar huquqlari vositasida amaldorlarga ishonib topshirilgan hokimiyat 
subyektiv o‘zboshimchaliklarga olib keladi, buning oqibatida esa, o‘z oldiga 
to‘siqlar qo‘yiladi va alohida holatlarda yuqoridan yetarli bo‘lmagan nazorat, 
quyidan amalga oshiriladigan nazorat bilan to‘ldiriladi deb, davlat boshqaruvini 
demokratlashtirish, fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish hamda mamlakatda olib 
borilayotgan islohotlar ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish qay darajada 
dolzarb ahamiyat kasb etishini ko‘rsatgan.
Ikkinchidan, Jamoatchilik nazoratini tashkillashtiruvchi subyektiv institutlar 
va ular tomonidan qo‘llaniladigan ijtimoiy nazorat elementlarining huquqiy 
maqomini mustahkamlash zarur, jurnalistika faoliyatidagi erkinlikni ta’minlashga 
erishishda ijtimoiy mexanizm sifatida namoyon bo‘luvchi elementlarga murojaat 


25 
etish orqali, jamoatchilik nazorati elementlarining ijtimoiy xususiyatlari va 
imkoniyatlarini ko‘rsatishga erishadi. 
Uchinchidan, jamoatchilik nazoratini olib boruvchi subyektlar o‘z vakolat 
doirasida harakatlanishi uchun ma’lum funksiyalarga ega bo‘lishi shart va zarurdir. 
Chunki, ular bu tizimsiz jamiyatda to‘laqonli faoliyat olib borishi mushkul kechadi. 
Xususan, jamoatchilik nazoratini ta’minlash, ularni amalga oshiruvchi 
mexanizmlarni joriy etish, ularga berilgan huquqiy maqomga bog‘liq bo‘lib, bu 
ularni ijtimoiy faoliyati jarayonida bajarishi kerak bo‘lgan funksiyalar bilan 
belgilanadi. Shu sababli, bugungi zamon talabi – jamoatchilik nazoratini olib 
boruvchi 
institutsional 
tizim 
subyektlari 
faoliyatini 
muvofiqlashtiruvchi 
konsepsiyani ishlab chiqishni ko‘rsatmoqda. 
To‘rtinchidan, ijtimoiy tizim barqarorligini ta’minlovchi shart-sharoitlarni 
yaratish jamoatchilik nazoratining asosiy funksiyalaridan biri hisoblanib, davlat 
boshqaruvini demokratlashtirish bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlarni qo‘lga kiritish 
bo‘lganligi uchun ham, bugungi kunda jamiyatda ijtimoiylashuv ko‘nikmalari 
shakllantirilib borilmoqda. Ijtimoiylashuv qanday vaziyatda qanday harakat qilish 
zarurligini jamoatchilik subyektlariga belgilab berishga qaratilganligi sababli, 
jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqishga ehtiyoj tug‘ilgan. 
Beshinchidan, xalq hokimiyatchiligi – demokratik prinsiplarga asoslanadi. 
Shunga ko‘ra, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda demokratiya umuminsoniy 
prinsiplarga asoslangan holda qurilmoqda. Bu o‘z navbatida jamoatchilik nazoratini 
kuchaytirish bo‘yicha hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar bilan 
mustahkamlanmoqda deyish ham mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki, bugun 
mamlakatimizda inson hayoti, sha’ni, qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadi. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin