Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Uchinchidan,
davlat organlari faoliyati ustidan qonunda belgilab qo‘yilgan 
tartibda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish − jamiyatni qiynab kelayotgan 
ko‘plab muammolarni ijobiy hal etilishiga turtki bo‘ladi. Xususan, korrupsion 
holatlarga chek quyish, aholi bandligiga ko‘maklashish, qonun hujjatlariga zid 
ravishda harakat qilish borasidagi hokimiyat organlari faoliyati nazoratini tashkil 
qilish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan sohalar ustidan jamoatchilik 
boshqaruvini amalga oshirish va hok. 
To‘rtinchidan,
jamoatchilik nazoratini olib boruvchi institutsional tizim 
elementlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha yaratilayotgan bugungi 
imkoniyatlar, bu tizimga jamiyat ijtimoiy hayotidagi zarurat sifatida qarash 
imkoniyatini bermoqda. Ammo jmoatchilik nazorati institutlari o‘rtasidagi 
funksional integratsiyaning yetarlicha mavjud emasligi, bu tizim borasidagi ijtimoiy 
huquqiy normalarni takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Beshinchidan,
xalq va davlat organlari hamjihatligini mustahkamlashga 
qaratilgan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 
(2018) – davlat islohotlarini shaxs manfaatlariga qaratilganligini ko‘rsatishi kerak. 
Chunki, davlat organlari faoliyatidagi shaffoflikni keltirib chiqarish, birinchidan 
davlat organlariga nisbatan pozitiv jamoatchilik fikrini shakllanishiga olib kelsa, 
ikkinchidan xalq davlat organlariga emas, aksincha davlat organlari xalq xizmatida 
bo‘lishini ta’minlaydi. 
Birinchi bob bo‘yicha umumlashtirilgan xulosalar: 
Birinchidan, 
jamoatchilik nazoratini olib boruvchi subyektlar o‘z vakolat 
doirasida harakatlanishi uchun ma’lum funksiyalarga ega bo‘lishi shart va zarurdir. 
Chunki, ular bu tizimsiz jamiyatda to‘la qonli faoliyat olib borishi mushkul kechadi. 
Xususan, jamoatchilik nazoratini ta’minlash, ularni amalga oshiruvchi 
mexanizmlarni joriy etish, ularga berilgan huquqiy maqomga bog‘liq bo‘lib, bu 
ularni ijtimoiy faoliyati jarayonida bajarishi kerak bo‘lgan funksiyalar bilan 
belgilanadi.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin