52
tamoyillar qaror topib, boshqalarida totalitarizm, aristokratizm yoki anarxizm kabi
boshqaruv shakliga ega davlatchilik siyosatini olib borib bo‘lmasligini hayotning
o‘zi ko‘rsatmoqda. Chunki, globallashuv jarayoni –
dunyo xalqlarini iqtisodiy,
madaniy va ma’naviy jihatdan birlashuvini
(birini ikkinchisidan ayro boshqarib
bo‘lmas darajada funksional uyg‘unlashuvini)
ta’minlab[108], insonga o‘zligini
anglash, shaxs sifatida erkin fikr bildirish, o‘z
haq-huquqini talab qilish,
adolatsizliklarga qarshi isyon ko‘tarish kabi dunyoqarashning qaror topishiga olib
kelmoqda. Zero zamonaviy jamiyatda − zamon talabini his etmasdan, eskicha
ishlashga[3; 54-b.], eskicha boshqarilishga endi hech bir xalqning roziligini olib
bo‘lmaydi.
Bugungi dunyoning ko‘plab demokratik
davlatlari tajribasi shuni
ko‘rsatmoqdaki, jamoatchilik nazorati faqatgina jamiyat uchun emas, balki davlat
hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatini samarali tashkil etishda ham o‘ta
muhim hisoblanadi[104]. Chunki, jamiyat rivojlangani, yuksak bosqichlarga
ko‘tarilgani sari jamoatchilik nazoratiga bo‘lgan ehtiyoj ham oshib boraveradi[62].
Ammo jamoatchilik nazoratini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, uning ijtimoiy-huquqiy
mexanizmlarini
harakatga keltirish, jamiyat barqarorligini ta’minlashga bo‘lgan
ta’sir kuchini oshirib borish har doim ham tadrijiy kechmagan. Buning asosiy
sabablaridan biri shundaki, pozitiv
(barqaror)
jamoatchilik nazoratini ta’minlash
uchun, avvalo jamiyat
(xalq va davlat)
bu o‘zgarishga tayyor bo‘lishi kerak bo‘ladi.
Aniqroq aytganda, quyidagi ijtimoiy muammolarga barham berilgan jamiyatda –
jamoatchilik nazorati barqaror ishlaydi va o‘z natijasini beradi.
Dostları ilə paylaş: