Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya
tadqiqoti Urganch davlat universiteti ilmiy-tadqiqot rejasiga muvofiq “Urganch
davlat universitetini 2017-2030 yillarda rivojlantirish dasturi”ning 2.4-bandiga
asosan “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va ilmiy salohiyatini oshirishga
yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi” doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi jamoatchilik nazoratini ta’minlashning ijtimoiy-
huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish, uning ta’sirchan targ‘ibot
texnologiyasini yaratish bo‘yicha konstruktiv taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan
iborat.
Tadqiqotning vazifalari :
jamoatchilik nazoratining ijtimoiy-huquqiy mexanizmlariga falsafiy fenomen
sifatida qarab, uning rivojlanish qonuniyatlarini kompleks-sistemali o‘rganish;
samarali jamoatchilik nazoratini ta’minlashga to‘siq bo‘layotgan ijtimoiy
omillarni aniqlash;
jamoatchilik nazoratini tashkillashtiruvchi institutsional tizim subyektlari
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi elementlarini alohidalik, umumiylik va maxsuslik
kategoriyalari kontekstida tahlil qilish;
jamoatchilik nazoratinining ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari o‘rtasidagi
korrelyatsion aloqadorlik tendensiyasini topish;
jamoatchilik nazoratinining ijtimoiy-huquqiy mexanizmlarini barqaror
harakatga
keltiruvchi
motivlarni
topish,
ular
o‘rtasidagi
funksional
integratsiyalashuv xususiyatlariga aniqlik kiritish;
jamoatchilik nazoratini ta’minlashning ijtimoiy-huquqiy mexanizmlarini
yanada takomillashtirish va targ‘ibot texnologiyasini yaratishga doir amaliy takliflar
berishdan iborat.
8
Tadqiqotning obyektini fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga
oshiriladigan jamoatchilik nazoratining ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari tashkil
etadi.