Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds


Jamoatchilik kengashlari va komissiyalari



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Jamoatchilik kengashlari va komissiyalari: 
− davlat organlari va tashkilotlaridan o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni 
bajarish bilan bog‘liq zarur hujjatlar, statistik va boshqa ma’lumotlar, tahliliy 
materiallar, xulosalar va boshqa axborotlarni so‘rab olish; 
− davlat organlarida, shu jumladan, sudda, yuridik va jismoniy shaxslar bilan 
munosabatlarda fuqarolar yig‘inining manfaatlarini ifodalaydi, fuqarolar yig‘ini 
nomidan shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzish; 
− davlat organlari va boshqa tashkilotlarga fuqarolar yig‘ini faoliyatiga doir 
masalalar yuzasidan takliflar kiritish; 
− tegishli hududda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash ishlarini 
tashkil etish; 


98 
− davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘z faoliyatiga doir masalalar 
yuzasidan faol hamkorlik aloqalarini o‘rnatish; 
− yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishida davlat organlari, 
nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan 
samarali hamkorlikni ta’minlash; 
− fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik 
nazoratini amalga oshirish sohasidagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati 
haqida aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish; 
− jamoatchilik nazoratini amalga oshirayotganda tadbirlar o‘tkazish 
tashabbusi bilan chiqish, ularni tashkil etish, shuningdek, ularda ishtirok etish; 
− jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni 
qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat organlaridan so‘rab olish; 
− jamoatchilik nazorati natijalariga ko‘ra takliflar va tavsiyalar tayyorlash 
hamda ularni tegishli davlat organlariga ko‘rib chiqish
[82]
uchun yuborish huquqiga 
egadir. 
Jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari: 
− jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini 
shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda 
rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish; 
− fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquq va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning 
samarali mexanizmlarini joriy etish; 
− fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish 
bo‘yicha respublika kengashiga yuridik shaxs maqomini bergan holda uni fuqarolar 
yig‘inlarining uyushmasi shaklida tashkil etish; 
− jamoatchilik kengashlarning nufuzi va maqomini oshirish, joylarda aholi 
tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni ijro hokimiyati organlarining rahbarlari 
e’tiboriga yetkazish va mazkur masalalarni hal etish bo‘yicha ularning bevosita 
ishtirokini yanada rivojlantirish
[82]
huquqiga ega hisoblanadi. 


99 
Jamoatchilik nazoratini ta’minlash jarayonida institutsional tizim faoliyatini 
tartibga soluvchi qanday ijtimoiy-huquqiy mexanizmlar kafolatlangan bo‘lishi 
kerak? Bu kabi savollarga bugungi O‘zbekistonda quyidagicha javob berilmoqda: 
Birinchidan,
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi qonunida ko‘rsatilganidek, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
muloqotni tashkil etish, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy 
manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan, murojaatlar bilan ishlashning 
samarali tizimi faoliyatini ta’minlash[82], jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda 
fuqarolar ishtirokiga huquqiy kafolat bermoqda. 
Ikkinchidan,
ushbu qonunning 
(O‘RQ-445-son, 2017 yil 11 sentyabr)
26-
moddasida keltirilganidek, Davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor 
shaxslari murojaat etuvchiga murojaatda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikrini 
bildirish va murojaat bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etish, Davlat organi, 
tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslari murojaat etuvchini eshitishga 
ekspertlarni, mutaxassislarni va manfaatdor tashkilotlarning vakillarini jalb 
etishi[82] mumkinligi bo‘yicha alohida bandning kiritilishi – jamoatchilik nazoratini 
olib boruvchi subyektlarning o‘z vakolatini suiiste’mol qilmasligini huquqiy 
jihatdan kafolatlaydi. 
Uchinchidan,
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik 
shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunining 
(2014 yil 3 dekabr, O‘RQ-378-
son
) 8-moddasida “Davlat organlarida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning 
vakillarini qabul qilish tashkil etiladi. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning 
vakillarini qabul qilish davlat organining rahbari yoxud boshqa vakolatli shaxs 
tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun davlat organlarida maxsus tarkibiy 
bo‘linmalar tashkil etilishi mumkin, qabul uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor 
shaxslar belgilanadi”[57] deb, jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan murojaat 
etilgan taqdirda – davlat organlari, ularning talabini qonuniy yo‘l bilan qondirishi, 
kerakli shart-sharoit yaratib berishi, “xalq davlat idoralariga emas, aksincha davlat 
idoralari xalq va uning manfaatlariga xizmat etishi kerak”[82] tamoyilini amalda 
namoyon etishiga qaratilgan huquqiy kafolat ishlab chiqilgan. 


100 
To‘rtinchidan,
“...inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni 
ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy va boshqa kompleks choralar tizimini 
yaratish hamda davlat va jamiyat boshqaruvida, davlat organlarining kundalik 
faoliyatida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirish, huquqni muhofaza 
qiluvchi organlarni xalq manfaati yo‘lida xizmat qiladigan idoralarga 
aylantirish”[82] tizimini joriy etishga qaratilgan “Konstitutsiya va qonun 
ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda 
jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 
(2019 yil 13 dekabr, 
PQ-4551-son)
, jamoatchilik nazoratini tashkillashtirish, boshqarish va uning 
shaffofligini mustahkamlash uchun huquqiy asos bo‘ldi. Umuman olganda bu 
tizimning xalq orasida obro‘-e’tibori ortib, mavqei mustahkamlanganligi sari, ularni 
(jamoatchilik nazorati institutlarini) davlat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik 
nazoratini amalga oshirish[72; 17-b.] imkoniyatlari ham ortib bormoqda.
Beshinchidan,
jamoatchilik nazorati instituti faoliyati samaradorligini 
kafolatlovchi huquqiy me’yorlarning ishlab chiqilayotganligi 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin