128
− davlat xizmatlari ko‘rsatishning innovatsion shakllari va usullarini joriy
etishni tashkil qilish, ushbu sohada qonunchilik va huquqni ko‘llash amaliyotini
takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish[91] kiritilib, ular orqali jamiyatning
og‘riqli nuqtasi bo‘lib kelayotgan korrupsionerlik holatlarini kamaytirish imkoniyati
paydo bo‘ladi. Bu o‘z o‘zidan jamoatchilik nazorati rivojiga ta’sir etadi.
Jamoatchilik nazorati tizim samaradorligini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shib
kelayotgan “Davlat xizmatlari agentligi” faoliyatini yanada demokratlashtirish
uchun, uning quyidagi mexanizmlarini rivojlantirish zarurati mavjud:
1. Davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar
faoliyatini qonun hujjatlari va ma’muriy reglamentlar talablariga rioya etilishi
nuqtayi nazaridan tekshirish.
2. Davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar
rahbarlariga aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-
sharoitlarni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarni
jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish.
3. Davlat organlari va mansabdor shaxslardan Agentlikka yuklangan vazifalar
va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va axborotlarni, shu
jumladan, statistik ma’lumotlarni olish[82] tizimini takomillashtirish orqali
jamoatchilik nazorati tizim elementlari faoliyati samaradorligini oshirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: