yoki biror iqtisodiyot segmenti tushunchasini qanday ishlashi haqida bizga aniqroq
tushuncha beradi. Iqtisodchilar xaridorlar hamda muayyan xizmat turlari va
mahsulotlarni iste’moli, ularni ayirboshlash va tovarlar ishlab chiqarish jarayonida
qatnashuvchilar o’rtasidagi bog’liqlik nazariyasini ishlab chiqadilar. Nazariyalar,
tamoyillar va modellar “shartli sodda iqtisodiy iboralardir”.
Iqtisodiyot fanining
butun ko’lamining o’zi esa juda murakkab va yaxlitligicha tushunish uchun
chalkash bo’lib ko’rinadi. Iqtisodiy tamoyillar va modellar iqtisodiy baholashni
tahlil qilishda va iqtisodiyotni qanday ishlashini tushunishda juda qo’l keladi. Bu
tushunchalar iqtisodiy tizim ichida sodir bo’ladigan sabab va oqibatni anglash
vositalaridir. Yaxshi nazariyalar o’z navbatida kengroq tushunishga va to’g’ri
baholashga yordam beradi. Ular xaridor va ishlab
chiqaruvchi orasidagi
munosabatlarga bog’liq faktlarga tayanadi. Iqtisodiy tamoyillarni yanada yaxshiroq
tushunishga yordam beradigan boshqa omillar ham mavjud:
• Iqtisodiy qonun-tamoyillarni umumlashtirish iqtisodiyot fani yoki iqtisodiy
munosabatlarga oid umumlashgan tushunchalardir. Iqtisodiy tamoyillarni muayyan
iste’molchilar yoki ishlab chiqaruvchilar to’g’risidagi yondashuv deb qabul qilish
mumkin;
• Iqtisodiyotdagi boshqa sharoitlar o’zgarmas tamoyili farazlarini ilgari surib,
iqtisodchilar boshqa sharoitlar teng bo’lgan holda tamoyili iborasini qo’llaydilar.
Ularning taxminlaricha, nazarda tutilgan boshqa barcha o’zgaruvchi sharoitlar
muayyan tahlil uchun o’zgarmas deb qabul qilinadi;
• Grafik ifodalash aksariyat hollarda iqtisodiy ko’rsatkichlar diagramma yoki
grafik ko’rinishida ifoda qilinadi. Makroiqtisodiyot va Mikroiqtisodiyot
iqtisodchilar nazdida iqtisodiy tamoyillar va modellar
ikki xil shaklda namoyon
bo’ladi.
Shuningdek, iqtisodiyot fanida jarayonlarni tadqiq qilishning ilmiy-uslubiy
bosqichlari farqlanadi:
-
hodisalarning real voqeligi va oqibatlarini kuzatish;
-
kuzatuvlarga asoslangan voqeya-hodisalarning sabab va oqibatlarini
tushuntirib beradigan tizimli tafsiloti;
-
bu izohni to’g’ri ekanligini muayyan hodisalarni
oqibatlarini faraz
qilingan oqibat bilan taqqoslab ko’zdan kechirish;
-
ushbu taqqoslashlar natijasida yuqoridagi farazni qabul qilish, rad etish
yoki o’zgartirish;
-
asl faktlarga qarshi o’laroq keltirilgan farazni davomiy tarzda kuzatib
borish
;
-
obdon sinovdan o’tgan va keng qabul qilingan nazariya iqtisodiy
qonuniyat yoki iqtisodiy tamoyil sifatida qabul qilinadi.
Iqtisodiy tamoyillarni yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradigan
boshqa yondashuvlar:
-
iqtisodiy qonun-tamoyillarni umumlashtirish;
-
iqtisodiyotdagi boshqa sharoitlarning o’zgarmaslik tamoyili
-
grafik ifodalash asosida takomillashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: