12.4. Markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari va shart-
sharoitlari.
Kredit moliya-tizimining barqarorligining ta`minlash, uning
aloxida bo`g’inlarining birinchi navbatda tijorat banklari faoliyatini
barqarorligini ta`minlash mamlakat markaziy bankning asosiy vazifasi
xisoblanadi. Markaziy bankning yana bir asosiy vazifalaridan kredit
organlarini (tizimini) faoliyatini tartibga solish va umumlashtirishdan
iboratdir.
Uzok yillar mobaynida tijorat banklari va emission
banklarining bajaradigan funktsiyalari qo`shilib ketdi. Bular qatoriga
banknotlarni emissiya qilishning markazlashuvi bir qo`lda yoki bir
necha banklarning qo`lida ya`ni davlatning maxsus qonuniy
dalolatnomalari bilan qo`llab-quvvatlanadigan banklar qo`lida ushlab
turishi, keyinchalik esa ular orasidan yiriklarini ajratib so`ng emissiya
chiqarish xuquqini berilishini, yoki aloxida markaziy emission banklar
deb nomlanuvchi banklarning paydo bo`lish jarayonlarini misol qilib
keltirish mumkin.
Zamonaviy ikki pog’onali bank tizimi ko`p sonli tijorat banklari
va yagona Markaziy bankga asoslangan bank tizimi shu yo`l bilan
vujudga keldi. Odatda Markaziy bank - bu davlat balki, masalan,
Angliya banki, Frantsiya banki, Bundes bank, YAponiya banki,
SHvetsariya milliy banki, Finlyandiya banki va xakozo yagona
banklardan tashkil topadi. Birok AKSH Markaziy bank 12 xududiy
Federal banklardan, ya`ni federal zaxira tizimi (FZT) boshkaruv
219
kengash tomonidan boshkariladigan bo`limlardan iboratdir. Markaziy
bank kapitaliga bo`lgan mulk shakliga ko`ra ular Davlat (kapital
davlatga tegishli) aktsioner va aralash kapitalli turlariga bo`linadi.
Ba`zi Markaziy banklar Davlat banklari ko`rinishlarida
shakllanadilar. Ularga Nemis Federal Banki (Germaniya Bundes
banki). 1957 yilda Rexs bankning davomchisi (1975 yilda paydo
bo`lgan ) sifatida shakllandi. Ba`zi Markaziy banklar- oldin xususiy
bank masalan, Angliya banki ( 1694 ), Frantsiya banklari (1800y.)
sifatida keyinchalik esa milliylashtirilib davlat bankiga aylantirilgan.
Aktsioner turidagi Markaziy bank qatoriga AKSH FRT (Federal
Rezerv tizimi) kiritish mumkin. FRS 1913 yildagi Federal Rezerv
asosida paydo bo`lgan aralash turdagi Markaziy banklar jumlasiga
kapitalida davlat, aktsioner va xususiy va kapital ishtirok etgan
banklar kiradi. Bu guruxlar katoriga kiruvchi YAponiya banklar
(1882y.) misol qilinib keltirilishi mumkin. Konun buyicha 1942yilda
55% ustav kapitali davlatga tegishlidir. Deyarli barcha mamlakatlarda
Markaziy bank xuquqiy me`yorlarini tartibga soluvchi, aniklovchi
(belgilovchi) qonunlar mavjuddir. Turli mamlakatlarda Markaziy
banklarga turli funktsiyalarni belgilab berilishi mumkin. Lekin
Markaziy bank doimo Davlat va bank belgilarini o`zida
mujassamlashtirilgan o`zida Davlatning tartibga soluvchi organi bo`lib
qoladi. Mamlakatning Markaziy Banki - shu davlat bank tizimining
asosiy qismi bo`lib xisoblanadi. Markaziy bank- birinchi urinda
davlat va iqtisodiyot o`rtasida vositachi bo`lib xizmat kiladi. Ammo
Markaziy bank o`z oldiga foyda olishni maqsad qilib ko`ymaydi.
Markaziy banklarning paydo bo`lishi quyidagi sabablar bilan
belgilanadi:
1. Naqd pullarni emissiya qilishning bitta markazda
to`planishining zarurligi
2. Tijorat banklarining inqiroz paytida naqd pul emissiyasi
bo`yicha majburiyatlarini taminlay olmasdi. Bunga misol qilib , 1907-
yilda AQSHdagi inqirozni aytish mumkin.
3. Davlatni moliyaviy tang, og’ir ahvoldan qutqarish. Angliya
Markaziy bankining monarz Karl II ni davlat moliya majburiyatlarini
bajarish uchun tashkil etilgan.
4. Xususiy tijorat banklarining o`zi ham pul emissiya qilishdan
bezib qolishdi. (
Senvoraj-
naqd pul emissiyasidan olinadigan daromad)
220
Lekin, umuman olganda Markaziy banklar tomonidan
bajariladigan operatsiyalar quyidagi turt guruxga (turga) bo`linadi:
1. Banknotlarning monopol emissiyasini amalga oshirish;
2. Markaziy bank- banklar banki hisoblanadi;
3. Markaziy bank- xukumat bankiri hisoblanadi;
4. Markaziy bank pul- kreditni tartibga soladi va bank
nazoratini amalga oshiradi.
Markaziy banklarga davlat vakili sifatida qonuniy tarzda
banknotlarni monopol ravishda emissiya kilish biriktirilgan, ya`ni
umummilliy kredit pullarini bosib chiqarish yuklatilgan. Ta`kidlash
kerakki,
sanoati
rivojlangan
mamlakatlarda
banknotalar
pul
massasining sezilarsiz qismini tashkil etadi, shuning uchun Markaziy
bankning monopol emissiya funktsiyasi birmuncha pasaytirilgan.
Biroq, banknotalarni chiqarish funktsiyasi mamlakatdagi pul
zaxiralarini tashkil kiluvchi, chakana pul muomalasini nakd
banknotalar bilan ta`minlash va kredit tizimini likvidliligini ta`minlash
vositasi xisoblanadi. Bu funktsiyalar nakd pul muomalasi ulushi
sezilarli bo`lgan mamlakatlarda katta axamiyatga egadir.
Markaziy bank bevosita tadbirkorlar va aholi bilan xech
qanday faoliyat olib bormaydi. Uning asosiy mijozlari bo`lib tijorat
banklari xisoblanadi. Tijorat banklari iqtisodiyot va Markaziy bank
orasida (o`rtasida) vositachi sifatida faoliyat ko`rsatadilar. Markaziy
banklar banki sifatida tijorat banklarining zaxiralarini saqlaydi,
jumladan, majburiy zaxira talablari shaklidagi pul mablag’larini
saqlaydi, ularning kreditorlari sifatida ishtirok etadi, tijorat
banklarining Markaziy bankda ochadigan xisob varaqlari orqali
(O`zbekiston Respublikasi- xisob-kassa markazi) mamlakat miqyosida
naqkd pulsiz xisob-kitoblarni amalga oshiradilar; banklar va boshqa
kredit institutlari ustidan nazoratni olib boradilar.
Kapitalidagi mulk shaklidan qat`iy nazar Markaziy bank davlat
bilan o`zviy bog’liqdir. Xukumat bankiri sifatida- Markaziy bank
xukumat g’azinachisi o`rnida va kreditori sifatida, vakili (agenti),
Moliyaviy maslaxatchisi sifatida faoliyat olib boradi.(ishtirok etadi).
Bu
o`rinda
Markaziy
bank
xukumat
tashkilotlarining
va
korxonalarning xisob raqamlarini yuritadi, soliqlarni va boshqa
tushumlarni yig’adi, to`lovlarni amalga oshiradi. Markaziy bank,
qoidaga binoan, davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshiradi.
Davlatga soliqlar va zayomlardan (obligatsiyalardan) tushgan
221
daromadlar xukumat xarajatlarini qoplovchi Markaziy bankdagi
kaznacheyliklikning foizsiz raqamiga o`tkaziladi. (Moliya vazirligi).
Xukumatning kreditori sifatida, Markaziy bank davlat
zayomlarini yangilarini muomalaga chiqarish, joylashtirish, o`zining
portfelini to`ldirish uchun davlat qog’ozlarini sotib olish, davlatga
(xukumatga) tugri gazna kreditlarini berish bilan shugullanadi.
Davlat byudjetining defitsiti sharoitida ko`pgina mamlakatlarda
Markaziy bankning xukumatni kreditlash va davlat qarzini boshqarish
funktsiyalari kuchayadi. Markaziy bank davlat qarzini boshqarish
uchun usullardan foydalanadi. Masalan, davlat majburiyatlarining
kurslariga ta`sir ko`rsatish maqsadida ularni sotadi va sotib oladi,
sotish shartlarini o`zgartiradi, turli yo`llar bilan xususiy investorlar
uchun ularni jozibadorligini oshiradi.
Davlatning vakili (agenti) funktsiyasida, Markaziy bank
mamlakatning oltin-valyuta zaxiralaridan foydalanadi, milliy pul
birligi kursini ushlab turish uchun valyuta bozorlarida valyuta
intervitsiyasi kabi vositalardan foydalanadi. Markaziy bank xalqaro
valyuta-kredit tashkilotlarda o`z mamlakati nomidan qatnashadi.
Dostları ilə paylaş: |