243
zaxiralarini shakllantirish; asosiy vositalar sotib olish operatsiyalarini
yoritib bering?
2. Markaziy bankning passiv operatsiyalari: naqd pullarni
emissiya qilish; majburiy zaxira
ajratmalarini shakllantirish; depozit
operatsiyalari; bank qimmatli qog’ozlarini muomalaga chiqarish
operatsiyalarini iqtisodiy mohiyatini ochib bering?
15-MODUL. MARKAZIY BANKNING
MUSTAQILLIGI.
15.1.Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni
baholash tartibi. Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi va uni
baholash tartibi.
15.2. Markaziy banklarning mustaqillik shkalasi. AQSH
Federal zaxira tizimining mustaqillik darajasi.
15.3. Evropa Markaziy bankining mustaqillik darajasi.
YAponiya Markaziy bankining mustaqillik darajasi. O`tish
iqtisodiyoti mamlakatlari Markaziy banklarining mustaqillik
darajasi.
15.4.
O`zbekiston
Respublikasi
Markaziy
bankining
mustaqillik darajasi.
15.1. Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni baholash
tartibi. Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi va uni baholash
tartibi.
Markaziy bankning iqtisodiyotdagi o`rni va ahamiyati hamda uni
mamlakat hududida bo`layotgan iqtisodiy jarayonlarni tartibga
solishdagi roli haqida munozarali bahslar bir necha marotaba o`zining
rivojlanish
yo`nalishlarini
o`zgartirdi
va
buning
oqibatida
iqtisodiyotdagi bank tizimining birinchi pog’onasida real o`zgarishlar
bo`lishiga sabab bo`ldi, bu esa birinchi navbatda davlat boshqaruv
organlariga bo`lgan munosabatlarda namoyon bo`ldi.
Bu muammoni tahlil etishda asosiy
jihat - mamlakat Markaziy
bank siyosatining davlat iqtisodiy siyosati yo`nalishiga tobeligi, ya`ni
aniqrog’i bu tobelikning darajasiga bog’liq. qachonki, mamlakat
Markaziy banki siyosati davlatning iqtisodiyotni tartibga solish
244
siyosati bilan chambarchas bog’liq bo`lsa, bunday bog’liqlikni
samarali, deb hisoblash mumkin. Lekin,
shu narsa katta ahamiyatga
egaki, bu ittifoq Markaziy bank tomonidan qanchalik ixtiyoriy
ravishda tuzilgan va u kimga hisobdor va bank tizimida pul-kredit
siyosatini tartibga solishdagi usullarni va yo`nalishlarni tanlashda
hamda qonun bqyicha Markaziy bank mustaqilligi
darajasi va bunga
haqiqatda erishilganligiga ahamiyat berish lozim.
Markaziy bankning mustaqilligi va iqtisodiyotni tartibga
solishdagi o`rni ko`p hollarda milliy urf-odatlardan va bank tizimining
milliy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Lekin, umumiy yo`nalish
(tendentsiya)larni ham asosiy iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga
taqqoslagan holda ko`rib chiqish mumkin. 70-yillar o`rtalaridan 80-
yillar o`rtalarigacha bo`lgan davr mobaynida davlatning iqtisodiyotga
amaliy
aralashuvi
natijasida
jahonning
ko`pgina
etakchi
mamlakatlarida markaziy banklarning “qudratlilik” nazariyasi
tasdiqlandi, markaziy banklarning obro`-e`tibori, nufuzi qsdi va bu
ma`muriy boshqaruv usullarining kengayishida namoyon bo`ldi.
Shular orqali, tahlil qilingan besh
omil ichidan uch asosiy
(aniqrog’i: 2,4,5) va ikki qo`shimcha (1 va 3) omilni ajratish mumkin.
Markaziy bankning xukumat boshqaruv organlaridan mustaqilligini
belgilovchi asosiy ob`ektiv omillarga:
−
bank rahbarini saylash va ishdan ozod qilish tartibi;
−
pul-kredit siyosatiga davlatning aralashishi huquqi;
−
xukumatni
Markaziy
bank
tomonidan
kreditlash
chegaralanganligining mavjudligi va qat`iyligini ajratib ko`rsatish
mumkin.
Markaziy bank kapitalida davlat ulushini va qonunchilikda
Markaziy bankning maqsadi va vazifalarini aniq belgilanganligi
yuqoridagi tahlildan ko`rinib
turibdiki, u Markaziy bank mustaqilligi
darajasini belgilashda hal qiluvchi rol’ o`ynamaydi va ular ikkilamchi
omillar bo`lib hisoblanadilar.
Dostları ilə paylaş: