298
Quyidagi xujjatlar kredit uyushmalari faoliyatini tartibga soladi:
➢
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi;
➢
O`zbekiston Respublikasi “Kredit uyushmalari tug’risida”gi
qonuni;
➢
O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining me`yoriy
hujjatlari.
Kredit uyushmasining ta`sis hujjati bo`lib uning ustavi
hisoblanadi. Ustav kredit uyushmasi muassislarining umumiy
yig’ilishida qabul qilinishi kerak. Kredit uyushmasi a`zosi, auditor,
istalgan manfaatdor shaxsning talabiga ko`ra kredit uyushmasi unga
ustav bilan tanishish imkoniyatini berishi shart.
Bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib faoliyat yuritadigan kredit
uyushmasi o`z ishtirokchilariga moliyaviy mahsulot va xizmatlar
taqdim etadi – ya`ni, u siyosat yoki hukumatga emas, balki
ishtirokchilarga mo`ljallangan. Kredit uyushmasining faoliyati
moliyaviy
subsidiyalarga
bog’liq emas. Kreditlash uchun
mo`ljallangan mablag’larning asosiy manbai jamg’arma depozitlari
hisoblanadi. Ushbu mablag’larning o`sishi jamg’armalarni safarbar
qilishning
o`sishiga,
kredit
uyushmasining
ichida
esa
–
kapitallashtirish (taqsimlanmagan foyda) orqali o`sishga bog’liqdir.
Kredit uyushmasi (KU) kooperativ bo`lib, unga a`zo bo`lgan har
bir kishi uning sherik egasiga aylanadi. Sizning uyushmadagi pay
hisob varag’ingiz sizning “ulushingiz”ni bildiradi. Biroq pay badallari
birjadagi kursi o`sishi yoki tushib ketishi mumkin bo`lgan
aktsiyalardan farq qiladi. Pay badallari hisob varaqlari bo`yicha
dividendlar to`lanadi. Kredit uyushmasi kooperativ bo`lganligi sababli
u amalda ishlab topilgan ortiqcha foydanigina taqsimlay oladi.
Dostları ilə paylaş: