328
Valyuta davlatlararo harakatlanishi uchun u xalqaro to`lov vositasi
vazifasini bajara olishi va xalqaro valyuta bozorlarida oldi-sotdi
qilinishi kerak. Xalqaro valyuta operatsiyalarining asosiy qismi (80 %
dan ortiq) xalqaro rezerv valyuta maqomiga ega bo`lgan
etakchi
valyutalar orqali amalga oshiriladi.
Jaxonda o`z faoliyatini olib borishda eng mustakil bo`lgan
banklardan biri bu Nemis Federal banki - Bundes bank xisoblanadi.
Ba`zi bir davlatlarda Markaziy bank parlamentga xisobot beradi-
Ko`pgina hollarda Markaziy banklar o`z faoliyatida mustakil bo`lsada,
shu bilan birga davlat banki xisoblanadi:
Markaziy bank quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:
-banknotalar (nakd pullar) emissiyasi,
-davlatning oltin - valyuta zaxiralarini saklash,
-pul-kredit siyosati instrumentlari yordamida iqtisodni
muvofiqlashtirish,
Davlatning oltin-valyuta rezervlarini boshqarish funktsiyasi.
Markaziy
Bank davlatning oltin, kimmatbaxr metal va kamyob
toshlarni valyuta zaxiralarini boshkaradi. Davlatning rasmiy oltin-
valyuta zaxiralari xalqaro xisob-kitoblarda
aktivlar rezervi, xisob-
kitoblar bo`yicha davlatning kafolatli sug’urta fondi sifatida namoyon
bo`ladi. Odatda mamlakat oltin zaxiralarining asosiy kismi Markaziy
bank ixtiyoriga berilgan bo`ladi. Ba`zi
davlatlarda oltin zaxiralar
moliya ministrligi ixtiyorida bo`lib, markaziy bank oltin bilan bog’liq
operatsiyalarni olib boradi.
Markaziy banklar mamlakat valyuta rezervlarini o`zida yig’adi
va bu rezervlar xalqaro xisob-kitoblarni amalga oshirish, to`lov
balansi defitsitini qoplash va mamlakat milliy valyutasi kursining
barqarorligini ta`minlash uchun ishlatiladi.
Markaziy bank orqali
davlatning iktisodiy siyosati, yanada
aniqrog’i davlatning pul-kredit siyosati olib boriladi. Markaziy
bankning pul-kredit siyosati davlatning
iqtisodini boshkarish
siyosatining bir kismi bo`lib, muomaladagi pul massasi, kredit xajmi,
foiz stavkalari darajasini va boshqa pul muomalasi va ssuda kapitali
bozori ko`rsatkichlarini o`zgartirish bilan bog’liq bo`lgan chora-
tadbirlar yig’indisidan tashkil topadi.
Pul-kredit
siyosatining asosiy maqsadi
milliy valyuta
barqarorligini ta`minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona
o`rnatish asosida inflyatsiya sur`atlarini
kamaytirish, kreditdan
329
foydalanishning samaradorligini oshirish va iktisodiyotning barkaror
o`sishini ta`minlashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: