Cheklar orqali hisob kitoblar
10
8
2
4
6
5
1
7
2-rasm. Cheklar orqali hisob-kitoblar
1
1
Abdullaeva SH.Z. Pul, kredit va banklar/ SH.Z. Abdullaeva . – 2000.: 36 бет
Sotib
oluvchining
banki (11)
Mol yetkazib
beruvchining
banki (9)
Mol yetkazib
beruvchi
Sotib oluvchi
63
1-tovarlarni oldi sotdi shartnomasini tuzish. 2-sotib oluvchi o`z
bankiga chek yozish uchun yozma ko`rsatma beradi. 3-sotib
oluvchining banki chekni yozadi. 4-sotib oluvchining banki sotib
oluvchiga uzatadi. 5-mol etkazib beruvchi tovarlarni jo`natadi. 6-mol
etkazib beruvchi tovarlar bilan bog’liq hujjatlarni jo`natadi. 7-sotib
oluvchi mol etkazib beruvchiga chekni uzatadi. 8-mol etkazib
beruvchi chekni o`z bankiga uzatadi. 9-mol etkazib beruvchining
banki chekni tekshiradi va qabul qilib oladi. 10-mol etkazib
beruvchining banki sotib oluvchining bankiga to`lov uchun jo`natadi.
11-sotib oluvchining banki chekni to`lab beradi. Agar sotib
oluvchining joriy hisob raqamida pul mablag’lari bo`lmasa chek
qaytariladi. Chunki chek summasi taraqqiy etgan davlatlarda depozit
qilinmaydi. Yevropa taraqqiyot va tiklash banki eksperti N.
Akamatsuning tadqiqotlari ko`rsatdiki, Yevropa va AQSHda cheklar
bo`yicha to`lovsizlik muammosining mavjud emasligi tijorat banklari
kreditlari hisobidan cheklarning to`lanayotganligi bilan izohlanadi.
Hisob
kitob
cheklarining
asosiy
kamchiligi
to`lovning
kafolatlanmaganligidir.
Hisob
kitob
cheklarining
afzalligi
–
tovarlarning sotilishini tezlashtiradi.
Hujjatlashtirilgan akkreditivning 5 ta asosiy shakli mavjud:
1. Chaqirib olinadigan akkreditivlar – bu akkreditiv uni ochgan
bank tomonidan istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin.
2. Chaqirib olinmaydigan akkreditivlar – bu akkreditivlar bekor
qilinib bo`lmaydi
3. Tasdiqlanadigan akkreditivlar - bu akkreditivlar 3-bank
tomonidan tasdiqlanadi. Odatda kichik banklar tomonidan katta
summaga ochilgan akkreditivlarni yirik banklar tan olmaydi. SHunda
ular bu akkreditivni 3-bank tasdiqlashini talab qiladi.
4. Tasdiqlanmaydigan akkreditiv
5. Ta`minlangan akkreditivlar- bu shaklda O`zbekistonda keng
qo`llaniladi. Bunda akkreditiv summasi mijozning joriy hisob
raqamidan olinib, alohida schyotda deponent qilinadi.
Hozirgi vaqtda dunyo amaliyotida chaqirib olinmaydigan
akkreditivlar keng qo`llaniladi.
1-to`lovlarni oldi sotdi qilish shartnomasini imzolash. 2-sotib
oluvchi o`z bankiga akkreditiv ochish to`g’risida ariza beradi. 3-
akkreditivni ochish, sotib oluvchining banki mol etkazib beruvchining
bankiga akkreditiv telegrammasini jo`natadi.
|