65
sub`ektlar o`rtasida naqd pullik va naqd
pulsiz shaklda ayirboshlash
vositasi sifatida amal qiladigan pul mablag’lari ko`rib chiqiladi.
Pul mablag’lari harakatining har biri bo`yicha
muqobil harakat
ham amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, pullarning aylanishi ko`p
yo`nalishli bo`ladi va xo`jalik faoliyati sub`ektlarini qamrab oladi.
To`lov aylanishi ushbu mamlakatda amal qiladigan to`lov
vositalarining uzluksiz harakat qilish jarayonidir. Boshqacha
aytganda, pul aylanishi deganda to`lov vositalarining shaklidan qat`i
nazar bunday barcha vositalarning majmui tushuniladi. Bevosita pul
mablag’larining
harakati va cheklar, depozit sertifikatlari va
veksellarning ko`chib yurishi shunga kiradi. Pul aylanishi to`lov
aylanishining bir qismidir.
Pul aylanishi naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pul
belgilarining uzluksiz harakat qilish jarayonidir.
O`z navbatida pul aylanishi to`lov
vositalari muomalasining
ikki shakliga: pul muomalasi (yoki naqd pullar aylanishi) va pul-to`lov
aylanishiga bo`linadi.
Pul muomalasi pul aylanishining naqd pul mablag’lari
muomalasi, pul belgilarining bir yuridik yoki jismoniy shaxslardan
boshqa shaxslarga doimiy tarzda o`tib yurishi bilan bog’liq qismidir.
Boshqacha aytganda, bu iqtisodiy sub`ektlar o`rtasidagi
muomalada
qatnashadigan bevosita naqd pul massasidir. SHu tufayli pul
muomalasini ba`zan naqd pullarning aylanishi deb ham atashadi.
Pul-to`lov aylanishi pul aylanishining bir qismi bo`lib, unda
pullar qanday shaklda taqdim etilganidan qat`i nazar to`lov vositasi
sifatida faoliyat yuritadi. Boshqacha aytganda, bunday holda iqtisodiy
sub`ektlar o`rtasida naqd pullik va naqd pulsiz shaklda ayirboshlash
vositasi sifatida amal qiladigan pul mablag’lari ko`rib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: