Nazorat uchun savollar
1.
Pul
aylanmasi”
tushunchasining
mazmuni
va
pul
aylanmasining tarkibiy tuzilishini yoritib bering?.
2. Naqd pul aylanmasi, uni tashkil qilish printsiplari va naqd
pullarni muomalaga chiqarish va muomaladan olish tartibini yoritib
bering?.
66
3. Naqdsiz pul aylanmasi, uni tashkil qilish printsiplari, hamda
naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi va uning elementlarini tushuntirib
bering?.
4. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllarini va ularga tavsif bering?
5.“Umumiy to`lov aylanmasi” tushunchasi va uning tarkibi
hamda to`lov aylanmasining tarkibini yoritib bering?
4- MODUL. PUL MUOMALASINI TASHKIL QILISH
VA PUL MASSASI
1.
Pul muomalasini tashkil qilish asoslari.
2.
Pul muomalasi qonunlari va ulardan kelib chiqadigan
talablar. Pul massasi va uni tavsiflovchi ko`rsatkichlar.
3.
Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini aniqlash
uslublari. I.Fisherning “almashuv tenglamasi”.
4.1. Pul muomalasini tashkil qilish asoslari.
Pul muomlasini tashkil etishni amalga oshiruvchi, tartibga
soluvchi va nazorat qiluvchi yagona organ, davlatning zaxira va
emission muassasasi - O`zbekistan Respublikasi Markaziy banki
tashkil etildi, xalqaro standartlar talablariga to`liq javob beradigan
O`zbekistan Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda «O`zbekistan
Respublikasining Markaziy banki to`g’risida»gi Qonuni qabul qilindi.
Shundan
so`ng,
O`zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
1994
yil
18
martdagi
«Bank
tizimini
takomillashtirish, pul- kredit munosabatlarini barqarorlashtirish chora-
tadbirlari to`g’risida»gi 146-sonli Qarorining ijrosini ta`minlash
maqsadida,
Markaziy
bankning
oltin-valyuta
zaxiralarini
shakllantirish
va
undan
foydalanish
bilan
bog’liq bo`lgan
operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi.
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1994 yilning 16
iyundagi «O`zbekiston Respublikasi milliy valyutasini muomalaga
kiritish to`g’risida»gi Farmoni asosida 1994 yil 1 iyulidan boshlab o`z
milliy valyutamiz «so`m» muomalaga kiritilishi O`zbekiston iqtisodiy
67
rivojlanishida sifat jihatdan yangi davr - mustaqil pul-kredit siyosati
yuritilish, xususan, pul maomlasini tashkil etish va muvofiqlashtirish
davrining boshlanishi edi.
Shuningdek, pul muomlasini samarali tashkil etish va
muvofiqlashtirishda hozirgi kun amaliyotida O`zbekiston Respublikasi
birinchi Prezidenti va hukumat rahbarlarini diqqat e`tiborida bo`lgan.
Xususan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 1992 yil
24 iyuldagi №346 sonli “Respublikada kassa muomalalarini tartibga
solishning kechiktirib bo`lmaydigan chora-tadbirlari to`g’risida”gi
qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2002 yil 5
avgustdagi №280 sonli “Pul mablag’larining bankdan tashqari
muomalasini yanada qisqartirish chora tadbirlari to`g’risida”gi qarori
shular jumlasidandir.
Shuning bilan birga, tovarlarni nakd pulsiz tartibda sotish ustidan
monitoringni tashkil etishda savdo tarmoqlari orqali tovarlarni sotish,
pul birligini xarid quvvatini oshirish maqsadida O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 26 noyabrdagi 407-
son qarori bilan tasdiqlangan ulgurji va chakana savdo faoliyatini
amalga oshirish tartibi to`g’risidagi nizom bilan tartibga solina
boshlandi. Chakana savdo tashkilotlari tomonidan tovarlarni naqd
pulsiz xisob-kitoblar bo`yicha sotish o`tgan oydagi oylik tovar
aylanmasi umumiy xajmining 10 foizi doirasida amalga oshirila
boshlash mexanizmi joriy eildi.
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimovning
2005 yil 15 apreldagi №57 sonli “Naqd pul muomalasini
takomillashtirish va bankdan tashqari aylamani qisqartirish borasidagi
qo`shimcha chora tadbirlar to`g’risida”gi qarori talablaridan
ko`rishimiz mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi
«Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari
to`g’risida»gi 56-sonli qarori hamda mazkur qaror bilan tasdiqlangan
«2005-2007 yillarda bank tizimiin isloh qilish va rivojlantirish
Dasturi»da asosan pul muomlasini tashkil etish va muvofiqlashtirishni
muhim xuquqiy asoslarini yaratishda o`z aksini topdi. Shuning bilan
birga, O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimovning
2005 yil 5 avgustdagi №147 sonli “Banklardagi depozit hisob
varaqlardan naqd pul to`lovlarini uzluksiz ta`minlash kafolatlari
to`g’risida”gi qarorlar chiqarildi.
68
Yuqoridagi O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A.
Karimovning №147 sonli qaroriga asosan O`zbeiston Respublikasi
Markaziy banki zimmasiga kechiktirib bo`lmaydigan chora-tadbirlar
ishlab chiqish vazifasi yuklatildi va 2005 yil 29 avgustda O`zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining №18/1 sonli va adliya Vazirligini
№1518 son “O`zbekiston Respublikasida banklar tomonidan pul
muomlasiga doir ishlarni tashkil etish to`g’risida”gi Nizom ishlab
chiqildi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006
yil 14 iyuldagi 16/7 sonli “Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga
limitlar belgilash va ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi
to`g’risida”gi Nizomi va 2008 yil 10 martdagi №300-V sonli “Naqd
pul tushumi kelib tushishini xranometrajini o`tkazish tartibi
to`g’risida”gi Nizomlar ishlab chiqildi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozni yuzaga kelishi, mustaqil
mamlakatlarda pul birliklarini moliyaviy barqarorligini mustahkamash
uchun davlatlar zimmasiga qo`shimcha chora-tadbirlar ishlab
chiqishni majbur qildi. Xususan, O`zbekiston Respublikasi birinchi
Prezidenti I. A. Karimov 2008 yil 27 martda №822 sonli “Naqd pul
mablag’larini jalb qilish va unga bo`lgan extiyojni ta`minlash
borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlari to`g’risida”gi qarorini ishlab
chiqdi.
Shundan so`ng, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Boshqaruvining 2013 yil 26 apreldagi 9/1-sonli qaroriga asosan
“O`zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to`g’risidagi”
Nizomlar ishlab chiqilib, mamlakatimizda naqd pulsiz hisob kitob
tizimini takomillashtirish mexanizmlari ishlab chiqildi.
1994 yil 1 yanvardan boshlab Hukumatimizning 1993 yil 30
dekabrdagi «Naqd pul muomalasini mustahkamlash chora-tadbirlari
to`g’risida» 613-sonli qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining «Pul muomalasini mustahkamlash va so`m-
kuponning xarid quvvatini oshirish bo`yicha kechiktirib bo`lmaydigan
chora-tadbirlar to`g’risida»gi qaroriga muvofiq chora-tadbirlar
amalga oshirildi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2001 yil 22
iyundagi №264 sonli “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va
tijorat banklarining mas’uliyatini oshirishga doir qo`shimcha chora-
tadbirlar to`g’risdi”gi qaroriga asosan Markaziy bank pul muomlasini
69
tashkil etish va samarali mexanizmlarini keng joriy etish orqali bu
jarayonni muvofiqlashtirib borish mustahkamlandi. Chunki tijorat
banklari zimmasiga nizom talablarini bajarmagan tijorat banklari
mas’ul shaxslarga nisbatan ma`muriy javobgarlik xattoki ishdan ozod
etishgacha javobgarlik belgilandi.
Pul muomalasi barqarorligini ta`minlash va ijtimoiy ahamiyatga
ega bo`lgan to`lovlarni o`z vaqtida amalga oshirishni samarali tashkil
etish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 iyuldagi
«Muomaladagi naqd pullarni kamaytirishga oid chora-tadbirlar
to`g’risida» 356-sonli Qaroriga ko`ra Markaziy bank va tijorat
banklari tomonidan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga,
mulkchilik shakllaridan qat`i nazar, naqd pullarni ish haqi va unga
tenglashtirilgan to`lovlar, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni
to`lashga, shuningdek, xizmat safari xarajatlari uchungina berilishi
belgilandi hamda 1994 yilning 1 avgustidan mehnatga haq to`lash
uchun ajratiladigan mablag’lar davlat yo`li bilan tartibga solinishi
joriy etildi.
Milliy valyuta muomalaga kiritilgan dastlabki oylardan boshlab
respublikada naqd pul emissiyasini qisqartirish va uning muomalada
bo`lishini tezlashtirish asosida pul muomalasini mustahkamlashga
alohida e`tibor qaratildi. Shu maqsadda qabul qilingan Vazirlar
Mahkamasining «Naqd pul muomalasini tezlashtirish chora-tadbirlar
to`g’risida» 1994 yil 28 oktyabrdagi 526-sonli Qarorida ushbu
vazifalarga oid dasturiy chora-tadbirlar belgilanib amalga oshirildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining «Naqd pul mablag’lari
emissiyasini qisqartirish chora-tadbirlari to`g’risida» 1996 yil 2
iyuldagi 230-sonli Qarori respublikada naqd pul emissiyasi darajasini
pasaytirish, respublika mintaqalarida pul muomalasini yaxshilash
uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish
maqsadida qabul qilindi. Ushbu qaror bilan «Respublika mintaqalarida
pul mablag’lari emissiyasi darajasini pasaytirish prognozlari va kassa
rejalari bajarilishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning
javobgarligini oshirish va ularni rag’batlantirish tartibi to`g’risida
Nizom» tasdiqlandi.
2004 yil 24 sentyabrda 445-son bilan qabul qilingan O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Plastik kartochkalar asosida
hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to`g’risida”gi qarori doirasida yagona umumrespublika prosessing
70
markazi tashkil etildi. U savdo tashkiloti yoki xizmatlar sohasiga
yoxud plastik kartochka egasiga qaysi bank orqali xizmat
ko`rsatilayotganidan qat`iy nazar, bank operatsiyalarini barcha savdo
shoxobchalarida yagona rejimda olib borish imkonini beradi. Ayni
paytda, Yagona umumrespublika prosessing markazi so`m plastik
kartochkalarini muomalaga chiqaruvchi 25 ta tijorat bankni
birlashtiradi. Markazda “UZKART” so`m plastik kartochkalari
bo`yicha naqd pulsiz hisob-kitoblar banklararo to`lov tizimi tashkil
etilgan.
Dostları ilə paylaş: |