5.3. O`zbekiston Respublikasining pul tizimi.
O`zbekiston Respublikasining zamonaviy pul tizimi 1994-yil 1-
iyulda milliy valyuta muomalaga kiritilgandan so`ng shakllandi.
CHunki milliy valyuta har qanday mamlakat pul tizimining asosiy
elementi hisoblanadi. Kurs Respublika valyuta birjasida aniqlanadi.
O`zbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish to`g’risida
qonuniga ko`ra so`mning kurs rejimi erkin suzish rejimidir, ya`ni
so`mning nominal almashuv kursini AQSH dollariga bo`lgan talab va
taklifga qarab aniqlanishini bildiradi. O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki to`g’risidagi qonunning 23-moddasiga muvofiq
hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-
fevralidagi 63-sonli qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki pul massasining o`sishini nazorat qiladi. Bunda M2
pul agregati nazorat obekti sifatida olingan. O`zbekistonda Markaziy
bank pul tizimini tartibga soluvchi rasmiy organ hisoblanadi.
O`zbekistonda pul tizimi to`g’risidagi maxsus qonun 1993-yilda bekor
qilingan, shu sababli hozirgi kunda pul tizimining me`yoriy huquqiy
asoslari bo`lib, quyidagi qonunchilik hujjatlari hisoblanadi.
1. O`zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksi
2. O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g’risidagi
qonun
3. O`zbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati
to`g’risidagi qonun
4. O`zbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish
to`g’risidagi qonuni(1-marta bu qonun 1993-yil 7-mayda qabul
qilingan, 2003-yil 11-dekabrda esa Valyutani tartibga solish
to`g’risidagi qonun yangi tahrirda qabul qilindi)
So`ngi yillarda milliy valutaning qadrsizlanish suratini ya`ni
devalvatsiya su`rati yuqori ekanligi kuzatilmoqda. 2003-yilda
so`mning AQSH dollariga nisbatan qadrsizlanishsu`rati 11% foizni
tashkil etdi. Xalqaro valuta fondining ekspertlari xulosasiga ko`ra
milliy valutaning yillik qadrsizlanish su`ratini 10% ga etishi salbiy
91
chegaraviy darajada hisoblandi. Milliy valutaning real almashinuv
kursining oshishi mamlakat eksportini qimmatlashishiga sabab
bo`ladi. SHu sababli respublikamiz so`mning asosiy tashqi savdo
hamkorlarimiz bo`lgan Rossiya, Xitoy, Qozog’iston, va Ukraina
valutalariga nisbatan real almashinuv kursining oshib ketishiga yo`l
qo`ymaslik muhim kasb etadi.
O`zbekiston respublikasi pul tizimida naqd pul aylanmasini
tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodchi olimlarning
naqd pul aylanmasiga bag’ishlangan tadqiqotlari shuni ko`rsatadiki
respublika naqd pul aylanmasi bilan iqtisodiy faollik o`rtasida uzviy
aloqadorlik mavjud.
Naqd pullarga bo`lgan talabni qisqartirish maqsadida
respublikada plastic kartochkalar muomalasini rivojlantirishga ustuvor
yo`nalish deb qaralmoqda. Muomaladagi milliy pul birliklarining
barchasi banknotalar hisoblanadi. O`z Res moliya vazirligi pul
emissiyasi sohasida hech qanday vakolatga ega emas. «Milliy valyuta
– milliy iftixor, davlat mustaqilligi-ning ramzi, suveren davlatga xos
belgidir. Bu respublikaga tegishli umumiy boylik va mulkdir»1
Har bir jamiyatda pulga yuklatilgan vazifalarning samarali
bajarilishi iqtisodiy va ijtimoiy o`sishni rag’batlantiradi, pul qadrining
tushishi esa tartibsizlikka, jamiyat rivojlanishida bosh-qa to`qinliklar
bo`lishiga olib kelishi mumkin. Pulning barqarorligi deganda, pulning
sotib olish qiymati-ning o`zgarmasligi va valyuta doimiyligi
tushuniladi. Pulning sotib olish qobiliyati shu pul birligiga to`g’ri
keluv-chi tovar va xizmatlar miqdori bilan ifodalanadi. Binobarin, pul-
ning sotib olish qobiliyatini ifodalovchi «ko`rsatkich» tovarlar va
xizmatlar bahosi hisoblanadi. Agar tovar va xizmatlar bahosi bar-qaror
bo`lsa, pulning sotib olish qobiliyati ham barqaror bo`ladi. Agar pul
o`zgarmagan sharoitda tovarlar bahosi oshadigan bo`lsa, bu hol
pulning sotib olish qobiliyati tushganini ko`rsatadi va aksincha, tovar
va xizmatlar bahosining tushishi pulning sotib olish qobiliyatini
oshganligidan dalolat beradi.
Demak, pulning qadri tovarlar va xizmatlar bahosiga teskari
proportsional – narx pasaysa, pul qadri oshadi yoki narx oshsa pul-
ning qadri tushadi. Pul tovar bo`lganligi uchun ham unga talab va
taklif ta`sir qiladi. Pul taklifi muomalaga chiqarilgan turli shakldagi
pullar-ning yig’indisi bo`lib, u talabdan ortiq yoki kam bo`lishi
92
mumkin. Muomalaga chiqarilgan pul miqdori pulning aylanish
tezligiga qarab ham o`zgarib turishi mumkin.
Pulga bo`lgan talab mamlakat pul aylanmasi asosida aniqlanadi.
Pul talabi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, aholi, davlat
tashkilotlari olib boradigan naqd pullik va naqd pulsiz aylanma uchun
zarur pul miqdori asosida aniqlanadi. Pulga bo`lgan ehtiyoj xo`jalik
sub`ektlari - ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilar o`rta-sida
bo`ladigan pullik jarayonlarning ko`lamiga va tezligiga bog’liq. Pulni
qo`llash yo`li bilan bajariladigan jarayonlarning ko`lami qancha keng
bo`lsa, pulga bo`ladigan talab shuncha ko`p bo`ladi. Agar pul bilan
bog’liq operatsiyalar tez bajarilsa, pulga bo`lgan talab shuncha kam
bo`ladi demak, muomalaga kam pul chiqarish kerak bo`ladi.
Pulga bo`lgan taklif va talabning tengligi pul muvozanatini
bildiradi. Pulga bo`lgan taklif, unga bo`lgan talabdan oshmasa pul
barqaror deb xulosa qilish mumkin, aksincha bo`lsa, pulning qadri
tushib ketadi va puldan qochish jarayoni boshlanadi. Amaliyotda pulni
jamg’argandan ko`ra uni tovarlarga aylantirib qo`yish yoki boshqa bir
qadrliroq valyutani jamg’arish qulay bo`lib qoladi.
Pulning barqarorligini ta`minlashning asosiy yo`nalishlari-dan
yana biri byudjet taqchilligining bo`lmasligidir. Davlat byudje-ti
xarajatlarining daromadlaridan oshib ketishi natijasida yuzaga
keladigan byudjet taqchilligi muomalaga tovarlar bilan ta`min-langan
pullar chiqarish hisobidan qoplanadi. Bu tadbir muomalada
ta`minlangan pulning ko`payishiga, oqibatda pul qadrining tushib
ketishiga olib keladi. SHuning uchun har bir mamlakat pul taqchil-ligi
bo`lmasligiga yoki uning salmog’i sezilarsiz bo`lishiga erishishi
kerak. Pulning barqarorligini ta`minlashning yana bir yo`nalishi bu
oltin va valyuta zaxiralarining mavjudligi va ularning ko`payishidir.
Oltin valyuta zaxiralarining salmog’i qancha ko`p bo`lsa, pul shuncha
barqaror bo`lishi mumkin.
Milliy valyutani mustahkamlashning yana bir sharti –
inflyatsiya-ga qarshi puxta o`ylangan siyosat yuritishdir. Muomalaga
chiqarilgan har bir so`m muayyan miqdordagi tovar va xizmatlar bilan
ta`min-langan bo`lishi zarur. Ichki bozorimizni tovarlar bilan
to`ldirish, aholiga xizmat ko`rsatishning sifati va turlarini oshirish ham
mil-liy valyutaning barqarorligini ta`minlashning asosi hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasida mustaqil pul tizimining joriy
qilinishi
93
Ma`lumki, har bir davlat o`zining pul tizimiga ega bo`ladi.
O`zbe-kistonning mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishi uning
mustaqil pul tizimiga ega bo`lishini taqozo qildi. Mustaqil pul tizimi
joriy qilinishining I bosqichi 1993 yildan boshlab «so`m-
kupon»larning muomalaga chiqarilishi hisoblanadi. O`zbekiston pul
tizimini qurish-ning ikkinchi bosqichi – 1994 yil iyuldan boshlab
milliy valyuta–«so`m »ning muomalaga chiqarilishi bo`lib, u
O`zbekiston tarixida juda katta ahamiyatga ega.
Har bir davlatning pul tizimi ma`lum elementlardan tashkil
topadi va qonun asosida yuqori davlat organlari orqali boshqarib
boriladi.
O`zbekiston
Respublikasi
pul
tizimi
elementlari
quyidagilar hisoblanadi:
– pul birligining nomi;
– pul birligining turlari - qog’oz va metall pullar;
– ularni muomalaga chiqarish qoidalari;
– pul, kredit, valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat
organlari;
– naqd pulsiz to`lov aylanmasi va kredit pullar (chek, veksel)
muomalasini olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar;
– milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish
qoi-dalari;
– xalqaro hisob-kitoblarni tashkil qilish asoslari;
– milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va
davlat tomonidan o`rnatilgan valyuta kursi.
Alohida olingan davlatning pul tizimi o`z xususiyatlariga
ega bo`lib, uning elementlari u yoki bu tomonga o`zgarishi mumkin.
Pul tizimi ijtimoiy hayotning ko`zgusi hisoblanadi, desak
xato bo`lmasa kerak. SHuning uchun ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni
pul tizimini ob`ektiv talablar, ya`ni pul tizimining yagona bo`lishi, pul
birligi qiymatining doimiyligi va pul muomalasining talabga qarab
o`zgarib turishi kerakligini qo`yadi.
Sobiq SSSRning davlat sifatida tarqalib ketishi markaz-
lashgan pul tizimining ham tugashiga olib keladi. Natijada ba`zi
respublikalar rublni milliy valyutasi sifatida ishlatib turgani holda, o`z
pul siyosatini olib bordi. estoniya, Latviya, Litva, Ukraina birinchi
bo`lib rubl zonasidan chiqib o`z milliy valyutasini qabul qilishdi.
Keyinchalik, Ozarbayjon, Qirg’iziston va Moldaviya respublikalari bu
yo`nalishni davom ettirdilar. Rubl tizimida vujudga kelgan
94
tartibsizliklar, milliy valyutalar va kuponlarning muomalaga
chiqarilishi, yagona pul–rubl zonasining tugashiga, uning har xil
kursga ega bo`lishiga olib keladi.
1992 yil oxiriga kelib Rossiyada tovarlar bahosining oylik
o`sishi 25-30 foizgacha ko`tarildi. Moskva valyuta birjasida rubl-ning
nominal qiymati bir dollarga 125 rubldan, 1992 yil dekabrda 485
rublgacha, 1993 yil martda 1 dollar 660 rublgacha tenglashdi. Pul
qadrining tushishi, naqd pul etishmovchiligiga, oxiri esa ish xaqi,
nafaqalarni to`lashda qiyinchiliklar bo`lishiga olib keldi. SSSR
davridagi oxirgi banklar to`g’risidagi qonunga asosan davlat banki
o`rniga Markaziy bank, mustaqil davlatlarda Markaziy (yoki milliy)
banklar tashkil qilindi.
Sobiq Sovet ittifoqi davlatlari valyutalari 1993 yil, aprel
Respublikalar Pul birligi va uning kursi
Armaniston
Rubl
Ozarbayjon
Manat va rubl (1manat=10 rubl)
Belarussiya
Rubl va B. Rubli (1 B. Rubli=10 rubl)
Estoniya Krona (8 kron=1 nemis markasi)
Gruziya Rubl va kupon
Qirg’iziston
Som (3 may 1993 yildan)
Latviya Latviya rubli (130 l.r. = AQSH dollari)
Litva
Talonlar (505 talon = 1 AQSH dollari)
Moldaviya
Rubl va kupon
Rossiya Rubl
Tojikiston
Rubl
Turkmaniston Rubl
Ukraina Korbonavets (1 korbonavets=0,3 rubl)
O`zbekiston
Rubl va so`m kupon
Rossiya Markaziy banki pul emissiyasi bilan bog’liq bo`lgan
operatsiyalarni bajarish huquqini o`z qo`liga oldi. Bundan tashqari,
davlat pul belgilarini bosib chiqaruvchi muassasa Rossiyada joy-
lashgan edi. Mustaqil davlatlar Markaziy banklarining pul muoma-
lasini olib borish bo`yicha harakatlari cheklagan edi. Natijada pul
taqchilligi yuzaga keldi va u alohida olingan respublikalarda har xil
darajada namoyon bo`ldi. Masalan, Rossiya Markaziy banki muoma-
laga chiqargan pullarda Rossiyaning salmog’i 1991 yil dekabrda 64
foizni tashkil qilgan bo`lsa, 1992 yil iyunga kelib emissiyaning 77
foizi Rossiyani naqd pul bilan ta`minlashga yo`naltirilgan. Qolgan
95
barcha Respublikalarni naqd pul bilan ta`minlash uchun muomalaga
chiqarilgan pullarning faqat 23 foizigacha sarflangan, ya`ni boshqa
respublikalar ehtiyojini pul bilan ta`minlash salmog’i tushib ket-gan.
Masalan, Belorussiya, Gruziyaning salmog’i 3 foizdan 1,5 foizga-cha,
Ukraina va Boltiqbo`yi respublikalarining salmog’i yanada ko`p-roq
qisqargan. O`zbekistonda ham pul resurslari taqchilligi naqd pulga
bo`lgan talabning qondirilmaganligida namoyon bo`lgan. SHu
iqtisodiy tanglik sharoitida pul tizimini shakllantirish bo`yicha
mustaqil davlatlar oldida ikki muiobil yo`l turardi.
– YAgona pul tizimi zonasi – rubl zonasida qolish va yagona
pul siyosatini olib borish;
– O`z milliy valyutasini muomalaga chiqarib, o`z pul tizimiga
ega bo`lish va qo`shni mamlakatlar inflyatsiyasidan o`zini himoya
qilish.
Pul taqchilligi davom qilayotgan va Rossiya rubllari
barqaror bo`lmagan sharoitda pul taqchilligini yo`qotish maqsadida
ko`pgina respublikalar, jumladan, O`zbekistonda ham mustaqillikning
birinchi yillarida pul tizimini shakllantirish loyihasi tuzildi. YUqorida
ta`kidlaganimizdek, muomalaga kupon talonlar chiqarildi va
keyincha-lik O`zbekiston o`zining milliy valyutasini muomalaga
chiqardi.
O`zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo`lmish
so`m jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. SHuning uchun pul
tizimining
asosiy
vazifasi
milliy
pulimizning
qadrini
mustahkamlashdan ibo-rat. Bu juda mas`uliyatli va oson bo`lmagan
vazifa. O`zbekistonning o`z iqtisodiyotini bozor talablariga mos
ravishda rivojlantirishga qara-tishi, bozor iqtisodiyotiga o`tishda
mamlakatimizning o`ziga xos xusu-siyatlariga ega ekanligi milliy
valyutaning barqaror bo`lishini taqozo qiladi.
Hozirgi kunimiz, iqtisodiyotimizning rivojlanishida amalga
oshirilayotgan iqtisodiy jarayonlar, katta qurilishlar va moliyalash-
tirishlar O`zbekiston iqtisodiy mustaqillikka erishish uchun to`g’ri
yo`l tanlaganini ko`rsatib turibdi. Zero, mustaqil pul tizimiga ega
bo`lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat barpo etish mumkin
emas.
Dostları ilə paylaş: |