Kredit ” –so`zi
lotincha ,,kredit” so`zidan olingan bo`lib
ishonch degan ma`noni anglatadi. Kredit – bu pul va tovar shaklidagi
resurslarni qaytarib berishlik, muddatlilik va foiz to`lashlik shartlari
asosida berish natijasida yuzaga keladigan qiymatning harakatidir.
Kredit munosabatlarining subekti bo`lib kreditor va kredit oluvchi
hisoblanadi, kreditning obekti bo`lib pul va tovar hisoblanadi.
Bank kreditining obekti bo`lib pul mablag’lari hisoblanadi.
Tijorat kreditining obekti tovarlardir. Hozirgi kunda kreditning
sudxo`rlik shakli mavjud emas, bu shakl kredit munosabatlarining
dastlabki shakllanish bosqichlarida mavjud edi. Kredit insoniyatning
buyuk kashfiyoti hisoblanadi:
1)
Kredit xo`jalik yurutuvchi sub`ektlar faoliyatini rivojlantirish
imkonini beradi.
2)
Kredit mamlakatning eksportning salohiyatini yuksaltirish
imkonini beradi.
3)
Kredit iqtisodiyotdagi to`lovning uzluksizligini ta`minlash
imkonini beradi.
4)
Kredit davlatning o`z funktsiyalarini bajarilishini taminlashda
muhim o`rin tutadi.
5)
Kredit aholining turmush farovonligini ta`minlsh imkonini
berdi.
Kredit o`zining aniq printsiplariga ega.
1)
Qaytarib berishlilik printsipi;
2)
Muddatlilik printsipi;
149
3)
Foiz to`lashlilik printsipi;
4)
Ta`minlanganlik printsipi.
Kreditlar odatda birinchi toifali garov ob`ektlari bilan
ta`minlanadi. (er, oltin va boshqa metallar)
5)
Maqsadlilik printsipi.
Kreditnin zarurligini belgilovchi omillar.
1) Kreditning zarurligini belgilovchi eng asosiy omil bu
kapitalning doiraviy aylanishi va aylanishidir.
P-ishlab chiqarish vositalari….. ishlab chiqarish jarayoni-T`-P` bu jarayonnig takrorlanishi capital aulanmasi deyiladi
2) ayrim tarmoqlarda ishlab chiqarishning mavsumiy harakterga
ega ekanligi.
3) davlat budjetining defitsitinig mavjudligi.
4) aholining turmush farovonligini ta`minlashning zarurligi.
Kreditning ob`ekti ikkitaga bo`linadi:
-pul mablag’lari;
-tovarlar.
Bank kreditlarni pul mablag’lari shaklida beriladi.
Ob`ekti tavar bo`lgan kredit tijorat krediti deyiladi. Bunda
sotilgan tavarlarning puli kechiktirib to`lanadi ya`ni ma`lum muddat
o`tgandan so`ng to`lanadi. Tijorat krediti odatda tijorat vekseli bilan
rasmiylashtiriladi.
Hozirgi davrda bank kreditlarini berish tizimi tijorat kreditlari
berish tizimiga qaraganda yuksak darajada rivojlangan. Buning asosiy
sababi
pulning yuqori likvidli akti ekanligidir. Kreditning sub`ektlari bo`lib quydagilar hisoblanadi.
-
Banklar;
-
nobank kredit tashkilotlari, kredit uyushmalari, lombardlar,
mikromoliyalash tashkilotlari, kredit korperativlari va boshqalar;
-
korxonalar;
-
jismoniy shaxslar;
-
davlat;
-
davlat organi;
-
halqaro moliya kredit tashkilotlari.
Kredit- qiymatning harakati bo`lib pul va tavar ko`rinishidagi
mablag’larni qaytarib berishlilik, muddatlilik va foiz to`lashlilik
asosida berish natijasida yuzaga keladi.
150
Kredit orqali jamiyatimizda quyidagi ijobiy natijalarga erishish
mumkin: