159
munosabatlari ishtirokchilari manfaati nafaqat vaqt va makon jihatdan,
shuningdek, sifat jihatdan ham mos tushgan taqdirdagina bu
munosabatlar reallikka aylanadi. SHu bilan birga, kreditning bu
muhim sifatlari kredit munosabatlari sodir bo`lishining asosiy sababi
bo`lolmaydi. Kredit vujudga kelishi uchun, yuqorida aytilgandek, aniq
bir iqtisodiy asos fondlarning doiraviy aylanishi va shunga o`xshash
boshqa aniq sharoitlar bo`lishi zarur. Faqatgina ana shu ta`sir etuvchi
omillar bo`lgan taqdirdagina kreditning vujudga kelishi reallikka
aylanadi.
Ba`zi iqtisodiy adabiyotlarda kreditning zarurligi xususida bir
necha boshqa fikrlar ham uchraydi. Masalan, kredit korxonalar
faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish uchun zarur, deb
ta`kidlanadi. Agar bu fikr to`g’ri deb qaraydigan bo`lsak, kreditning
zarurligi faqat kreditor uchun tushunarli bo`ladi, chunki u qarz berish
orqali qarz oluvchi faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo`ladi.
Bunday sharoitda kreditning chegarasi ishlab chiqarish
fondlarining doiraviy aylanishiga asoslangan ob`ektiv jarayonlarga
emas, balki bankning kredit operatsiyalari orqali qarz oluvchining
faoliyatini nazorat qilish istagiga bog’liq bo`lib qoladi.
Bu mulohazalardan kelib chiqqan holda xulosa qilib aytish
mumkinki
,
kreditning ob`ektiv zarurligi takror ishlab chiqarish
jarayonida
fondlarning
doiraviy
aylanishi
qonuniyatlariga
asoslangandir.
Kreditga zarurat tug’ilganda quyidagi manbalardagi bo`sh
mablag’lardan kredit resurslar sifatida foydalanish mumkin. Bu
manbalar asosan quyidagilardir:
➢
asosiy fondlarni tiklash, kapital ta`mirlash uchun ajratiladigan
amortizatsiya sifatidagi pul mablag’lari;
➢
tovarlarni sotish va yangi moddiy resurslarni sotib olish
vaqtlarining birbiriga mos kelmaganligi tufayli yuzaga kelgan bo`sh
pul mablag’lari;
Dostları ilə paylaş: