160
8.5. Aholining kreditga bo`lgan talabining paydo bo`lishi.
Davlatning kredit resurslariga bo`lgan talabining paydo bo`lishi.
Kreditning shakllari.
Kreditning vujudga kelishi reallikka aylanishi uchun muayyan
sharoitlar bo`lishi zarur. SHu masala bo`yicha ba`zi iktisodiy
adabiyotlarda keltirilgan fikrlarni taxlil qilib, iqtisodchilar tomonidan
kreditning yuzaga kelishining quyidagi shartlariga kuprok e’tibor
berilganini ko`rsatib o`tish mumkin. Kredit munosabat bo`lishi uchun:
birinchidan,
kredit munosabat ishtirokchilari
- qarz beruvchi va
qarz oluvchi - xuquqiy jixatdan mustaqil sub’ekt bo`lishi kerak
Mustakil sub’ekt sifatida xar ikkala tomon bir-biri bilan o`za`ro
aloqalardan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarishini moddiy
jixatdan kafolatlay olishi kerak Majburiyatlarni bajara olish
qobiliyatini xisobga olgan xolda mustaqil xukukiy sub`ekt sifatida
tomonlar iqtisodiy munosabatga kirishishlari kerak
ikkinchidan,
qarz beruvchi va qarz oluvchi manfaatlari bir-biriga
mos tushgan taqdirdagina kredit zaruriyatga aylanadi. Bu manfaatlar
avvalambor, ob`ektiv
jarayonlar, o`za`ro manfaatlarni taqozo etuvchi
aniq vaziyat bilan bog’liq.
Kreditor (qarz beruvchi) tomonidan pul mablag’larini qarzga
berish bo`yicha, qarz oluvchi tomonidan esa shu mablag’larni olish
bo`yicha kizikish tug’ilgan takdirdagina kredit yuunosabatlari vujudga
keladi.
Kreditning vujudga kelishi kredit munosabatlari ishtirokchilari
manfaatlarining yo`nalishiga bog’lik tomonlar manfaatlarning mos
kelishi kredit shartnomasi tuzilishini ta`minlaydi. Lekin,
kredit
munosabatlari ishtirokchilari manfaati nafaqat vakt va fazo jixatdan,
shuningdek sifat jixatdan xam mos tushgan taqdirdagina bu
munosabatlar reallikka aylanadi. SHu bilan birga kreditning bu muxim
sifatlari kredit munosabatlari sodir bo`lishining asosiy sababi
bo`laolmaydi. Kredit vujudga kelishi uchun, yukorida aytilgandek
anik bir kktisodiy asos -fondlarning doiraviy
aylanishi va shunta
uxshash boshka anik sharoitlar bo`lishi
zarur. Fakatgina ana shu ta`sir
etuvchi omillar bo`lgan taqdirdagina kreditning vujudga kelishi
reallikka aylanadi.
Ba`zi iqtisodiy adabiyotlarda kreditning zarurligi xususida bir
necha boshqa fikrlar xam uchraydi. Masalan, kredit korxonalar
faoliyatini nazorat qilpshni amalga oshirish uchun zarur deb
ta`kidlanadi. Agar bu fikr to`g’ri deb qaraydigan bo`lsak kreditning
161
zarurligi faqat kreditor uchun tushunarli bo`ladi, chunki u qarz berish
orkali qarz oluvchi faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo`ladi.
Nakd pulsiz shaklidagi xisob kitoblarning
bank orkali utishida
ishlatiladigan mablag’lar kam ssuda kapitali shakllanishining yangi
manbai bo`lib, bu mablag’lar aylanma mablag’larning doiraviy
aylanish jarayokida yuzaga keladi. Korxonalarda
moliyaviy
resurslarning vaktincha bush bo`lib qolishining quyidagi asosiy
sabablarini ko`rsatib o`utish mumkin:
-ishlab chiqarilgan maxsulotlarni sotish vaqti bilan olingan xom
ashyo,
materiallar, ishchilarga ish xaqi va boshka to`lovlarni amalga
oshirish vaqtining mos kelmasligi;
-asosiy fondlarning eskirishini qoplash uchun mo`ljallangan pul
ajratmasi, ya`ni amartizatsiya fondining shakllantirilishi.
Kreditning ikkita asosiy shakli mavjud:
1.
Bank krediti
2.
Tijorat krediti
Tijorat krediti tovarlar sotish jarayonini tezlashtirishda va
korxonalarning aylanma mablag’larini xo`jalik faoliyatidan tezroq
bo`shashini ta’minlashda katta axamiyatga ega.
Iste`mol krediti.
Iste`mol krediti o`zining maqsadi bilan
kreditning boshqa shakllaridan farq qiladi. Uning farqli belgisi -
jismoniy shaxslarni kredit xisoblanadi. Kreditning bu shaklida kredit
beruvchi sifatida maxsus kredit muassasalari
bilan birga tovar va
xizmatlarni sotishni amalga oshiradigan jismoniy shaxslar xam
bo`lishi mumkin.
Iste`mol krediti ikki shaklda: pul shaklida yoki tovar shaklida
berilishi mumkin. Jismoniy shaxslarga ko`chmas mulkka egalik qilish
uchun, qimmat bo`lgan davolanishni to`lash, xar-xil tovarlar va uy-
jixozlari sotib olish va boshqa extiyojlarni qondirish uchun iste`mol
kreditlari berilishi mumkin.
Ipoteka krediti
kuchmas mulk ( er, bino, uy-joy kabilarni )
garovga qo`yib olinadigan kredit. Odatda, ipoteka kreditidan qishloq
xo`jaligida asosiy fondlarni yangilash, yirik kapital qo`yilmalarini
qoplash uchun foydalaniladi.
Davlat krediti.
Kreditning bu shaklining
asosiy xususiyati kredit
munosabatlarida davlatning qatnashuvidir. Davlat kreditida davlat bir
tomondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida
ishtirok qilishi mumkin. Qarz beruvchi vazifasini bajara turib, davlat,
162
davlat kredit institutlari, jumladan Markaziy bank orqali iqtisodning
xar xil soxalarini kreditni o`z zimmasiga oladi. Davlat tomonidan:
•iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini kredit;
•moliyaviy resurslarga extiyoj sezayotgan davlat axamiyatiga ega
bo`lgan
aniq
tarmoq
yoki
mintaqalarga,
agar
byudjetdan
moliyalashtirish imkoniyati tugagan bo`lsa, vaqtincha foydalanishga
mablag’ ajratishi mumkin.
Davlatning
qarzlari
kupaygan
xollarda
davlat
byudjeti
kamomadini moliyalashtirish maqsadida, davlat qarz oluvchi sifatida,
davlat qarzlarini joylashtirish jarayonini amalga oshiradi.
Davlat kreditining
xarakterli xususiyati shundaki, davlat
tomonidan olingan qarz mablag’lari ishlab chiqarish fondlari
aylanishida yoki moddiy boyliklar yaratishda ishtirok qilmaydi. Bu
mablag’lar davlat qarzlarini qoplash uchun ishlatiladi.
Davlat davlat xazina majburiyatlari chiqarish, moliya bozorlarida
davlat qimmatbaxo qogozlarini joylashtirish, davlat zaemlarini
chiqarish
Dostları ilə paylaş: