O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/179
tarix12.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#130066
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

Nazorat uchun savollar 
 
1.Kredit 
iqtisodiy 
kategoriyasini, 
kreditning 
zarurligini 
belgilovchi omillarni yoritib bering?
2.Kreditning mohiyatini, kreditning funktsiyalarini, “Kredit” 
tushunchasining mazmunini ochib bering?
3.Kreditning printsiplarini, kreditning zarurligini belgilovchi 
omillarni tushuntirib bering?
4.Kapitalning doiraviy aylanishi va aylanishini izohlab bering?
5. Aholining kreditga bo`lgan talabining paydo bo`lishini, 
davlatning kredit resurslariga bo`lgan talabining paydo bo`lishi va
kreditning shakllarini yoritib bering?
6. Kredit qonunlarining zarurligi va ob`ektivligini tushuntirib 
bering? 


170 
7.Kreditning xarakterli va xususiyatli belgilarini ochib bering? 
8. Kreditning qayta taqsimlash va muomala vositalarini yaratish 
funktsiyasini yoriting?
 
9-MODUL. KREDIT MUNOSABATLARINING 
RIVOJLANISH BOSQICHLARI. 
 
9.1. Kredit munosabatlarining yuzaga kelish sabablari. Kredit 
munosabatlarining rivojlanish bosqichlari.
9.2. Sudxo`rlik kreditining yuzaga kelishi. Tijorat krediti va 
bank kreditining paydo bo`lishi.
9.3. Kredit munosabatlarining yuzaga kelish sabablari va 
shart-sharoitlari.
 
9.1. Kredit munosabatlarining yuzaga kelish sabablari. 
Kredit munosabatlarining rivojlanish bosqichlari. 
 
Korxonalarda asosiy va aylanma fondlarining doiraviy aylanishi 
jarayonida ularda kreditga ehtiyoj tug’iladi. SHunga asosan kredit 
takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta`minlash 
zarurligidan kelib chiqadi, degan shartga asoslangan holda kredit 
berilishi kerak. Ammo bunda qo`shimcha resurslarga muhtojlik 
o`zo`zidan avtomatik tarzda kredit berilishi kerakligini ifodalamaydi. 
Buning uchun kreditning zarurligini ifodalovchi boshqa sharoitlar ham 
mavjud bo`lishi kerak. 
Iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim yo`nalishlaridan biri 
kredit munosabatlarini rivojlantirishda banklar kredit uchun xarakterli 
muhim shartlar va qonunlarga asoslangan holda kreditlash jarayonini 
amalga oshirishlari zarur. 
Kredit
bu vaqtincha bo`sh turgan pul mablag’larini pul egasi 
yoki boshqalar tomonidan ma`lum muddatga, haq to`lash sharti bilan 
qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy 
munosabatlar yig’indisidir. 
Kredit yordamida tovarmoddiy boyliklari, turli mashina va 
mexanizmlar sotib olinadi, iste`molchilar mablag’lari etarli bo`lmagan 


171 
sharoitda to`lovni kechiktirib, tovarlar sotib olishlari va boshqa har xil 
to`lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo`ladilar. 
Kredit iqtisodiy kategoriya bo`lib, ijtimoiy munosabatlarning 
aniq bir ko`rinishi
Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin