www.ziyouz.com kutubxonasi
102
deb ayt», dedilar. Men ana shu kundan keyin kasallikdan shikoyat qilmadim». Imom
Termiziy rivoyatlari
355/10. Abu Said Xudriy va Abu Hurayralardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Kim:
«La ilaha illallohu vallohu akbar» (Allohdan boshqa iloh yo’q, Alloh ulug’dir), desa,
Parvardigor uni tasdiqlab, «Mendan boshqa iloh yo’q, Men ulug’man», deydi. Kim:
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah», desa, Parvardigor: «Mendan boshqa iloh
yo’q, Mening sherigim ham yo’q», deydi. Agar banda:
«La ilaha illallohu lahul mulku va lahul hamd», desa, Parvardigor: «Men ilohman, mulk
Meniki, hamd ham Men uchun», deydi. Agar banda:
«La ilaha illallohu va la havla va la quvvata illa billah», desa, Parvardigor: «Men
ilohman, o’zgartirish ham, quvvat ham faqat Mendadir», deydi. Kim mana shu
kalimalarni kasalligida aytib, so’ngra vafot etsa, unga do’zax o’ti tegmaydi», dedilar.
Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati
356/11. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Jabroil (a.s.) Rasululloh huzurlariga
kelib: «Ey Rasululloh, tobingiz yo’qmi?» deb so’radilar. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Ha», deb javob berganlarida, Jabroil (a.s.):
«Bismillahi urqiyka, min kulli shay`in yu`ziyka, min sharri kulli nafsin av ‘aynin hasidin,
Allohu yashfiyka, bismillahi urqiyka», deb aytdilar. (Ma’nosi: Allohning ismi ila dam
solaman. Har bir aziyat beruvchi narsadan, har bir nafsning yomonligidan yoki hasad
qiluvchi ko’zdan Alloh sizga shifo bersin. Allohning ismi bilan sizga dam solaman.) Imom
Muslim, Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari
357/12. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir
a’robiyni kasalligida ko’rgani kirdilar. Agar kasal ko’rgani kirsalar,
«La ba`sa tohurun inshaalloh» (Zarari yo’q, inshaalloh, bu kasallik seni poklaydi), deb
aytish u zot sollallohu alayhi vasallamning odatlari edi. Buxoriy rivoyatlari
358/13. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir a’robiy isitma chiqarib yotganida, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam uni ko’rgani kirib: «Bu kasallik gunohlarga kafforat bo’luvchi
va poklovchidir», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
359/14. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kasalni ziyorat qilish uning peshonasiga qo’lni qo’yish yoki qo’lini ushlab, ahvoli nechuk
ekanini so’rash bilan mukammal bo’ladi», dedilar. Termiziy rivoyatlari
Ibn Sunniyning rivoyatlarida: «Kasal ko’rishning mukammalligi kasalga qo’lni qo’yib
turib: «Qanday tong ottirding?» yoki «Nechuk kechlatding?» deb aytishdir», deyiladi.
360/15. Salmon (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni
kasalligimda ko’rgani kirib: «Ey Salmon: