www.ziyouz.com kutubxonasi
103
«Shafallohu saqomaka va g’ofaro zanbaka va ‘afaka fiy diynika va jismika ila muddati
ajalika», dedilar».
(Ma’nosi: Alloh senga shifo berib, gunohingni kechirsin. Ajaling kelgunicha jisming va
diningni ofiyatda qilsin.) Ibn Sunniy rivoyatlari
361/16. Usmon ibn Affon (r.a.) rivoyat qiladilar: «Men kasal bo’lganimda, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam menga panoh tilardilar. Bir kuni:
«Bismillahir rohmanir rohiym. U’iyzuka billahil ahadis somad, allaziy lam yalid va lam
yulad va lam yakullahu kufuvan ahad. Min sharri ma tajidu», deb menga panoh tiladilar.
Buni aytib bo’lganlaridan keyin tik turib: «Ey Usmon, mana shu kalimalar bilan panoh
tila, boshqasi bilan ulardek panoh tilay olmaysan», dedilar». (Ma’nosi: Yakka, behojat,
tug’magan, tug’ilmagan va biror tengi yo’q Alloh nomi ila yetadigan narsaning
yomonligidan panoh tilayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari
100-bob. Kasalning oilasiga va unga xizmat qilayotganlarga kasalga yaxshi qarashni va qiyinchiliklarga sabr etishni nasihat qilishning mustahabligi 362/1. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
huzurlariga Juhayna qabilasidan zinodan homilador bo’lgan bir ayol kelib: «Ey
Rasululloh, menga had urish lozim bo’lib qoldi. Uni menga qoim qiling», dedi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam uning voliyini chaqirdilar. «Unga chiroyli muomala qil va
homilasini tug’ib bo’lganidan keyin olib kel», dedilar. Xotin tuqqanidan keyin uni
keltirishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u ayolning ko’ylagini mahkam
bog’lashni, so’ng toshbo’ron qilishni buyurdilar. Bu ishlardan keyin unga janoza namozini
o’qidilar. Imom Muslim rivoyatlari
101-bob. Bosh og’rig’i, isitma va boshqa og’riqlarga aytiladigan duo 363/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alay-hissalom barcha
kasalliklarga va isitma chiqqanida:
«Bismillahil kabiyr, na’uzu billahil ‘aziym, min sharri ‘irqin na’’ar, va min sharri harrin
nar», deb aytishni o’rgatar edilar. (Ma’nosi: Buyuk Allohning ismi bilan boshlayman.
Ulug’ Allohning nomi ila tomirdan shovullab oquvchi qonning yomonidan va do’zax
o’tining yomonidan panoh tilayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari