Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
104
365/2. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Qattiq kasal bo’lib yotganimda,
Rasululloh (s.a.v) meni ko’rgani kirdilar. «Ey Rasululloh, ko’rib turganingizdek, badavlat
kishiman. Bitta qizimdan boshqa merosxo’rim yo’q», dedim...»
Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari
366/3. Qosim ibn Muhammaddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oisha (r.a.): «Voy, boshim!»
deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yo’q, mening boshim og’riyapti»,
dedilar. Hadisning mana shu lafzi mursaldir. Imom Buxoriy rivoyatlari
103-bob. Zarar yetganida o’limni orzu qilishning karohiyati, faqat diniga fitna
bo’lishidan qo’rqsagina, uni orzu qilish joizligi
367/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan
birortangizga zarar yetsa, o’limni orzu qilmasin. Agar iloji bo’lmasa:
«Allohumma ahyiniy ma kanatil hayatu xoyron liy va tavaffaniy
iza kanatil vafatu xoyron
liy», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, agar mening hayotda yashashim yaxshi
bo’lsa, meni tirik qoldir. Agar vafotim yaxshi bo’lsa, meni vafot ettir.) Buxoriy va Muslim
rivoyatlari
104-bob. Muqaddas shaharlarda o’lishni so’rashning mustahabligi
368/1. Hafsa binti Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Umar (r.a.):
«Allohumma urzuqniy shahadatan fiy sabiylika vaj’al mavtiy fiy
baladi rosulika sollallohu
alayhi vasallam» (Allohim, meni o’zingning yo’lingda shahidlik bilan rizqlantir va
rasulingning shahrida vafot topdir), deb duo qildilar. Shunda: «Bu qandoq bo’ladi?»
dedim. Umar (r.a.): «Agar Alloh xohlasa, bo’ldiradi», dedilar».
Buxoriy rivoyatlari
Dostları ilə paylaş: