Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
105
ular ham sizdan rozidirlar...» deganlarida, Umar (r.a.): «Ana shu Allohning menga
bergan ne’matidir», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari
371/2. Ibn Shumosa (r.a.) aytadilar: «Biz Amr ibn Os (r.a.) huzurlarida edik. U zot o’lim
to’shagida edilar, yuzlarini devor tomonga qaratib, uzoq yig’lardilar. Shunda o’g’illari:
«Ey otajon, Rasululloh sizga undog’-bundog’ deb bashorat qilmaganlarmi?» deganlarida,
yuzlarini burib: «Biz hozirlaydigan eng afzal narsa «La ilaha illallohu va anna
Muhammadar rasululloh» shahodatidir», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari
372/3. Qosim ibn Muhammad ibn Abu Bakrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oisha (r.a.) kasal
bo’lib qoldilar. Shunda Ibn Abbos (r.a.) kelib: «Ey mo’minlar onasi, siz, Rasululloh va
otangiz Abu Bakrga yetishishda (ya’ni, havzga erishishda) avvalgilardan bo’ldingiz»,
dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari
Ibn Abu Mulaykaning rivoyatlarida esa, quyidagicha aytiladi: «Ibn Abbos (r.a.)
Oishaning (r.a.) o’limlaridan oldin, zaiflashib turganlarida huzurlariga kirishga izn
so’radilar. Oisha onamiz: « Meni maqtashlaridan qo’rqaman», dedilar. Shunda:
«Musulmonlar nomidan Rasululloh amakilarining o’g’illari», deyildi. «U zot izn
beringlar»? dedilar. Ibn Abbos: «O’zingizni qanday his qilyapsiz?» deb so’radilar. Oisha
onamiz: «Agar taqvoda bo’lsam, juda yaxshi his qilyapman», dedilar. Shunda Ibn
Abbos: «Inshaalloh, sizga yaxshi bo’ladi, chunki siz Rasulullohning xotinlarisiz. U zot
sizdan boshqa qizga uylanmaganlar, bundan tashqari, sizga osmondan avf-uzr
tushgan», deb yaxshi xislatlarini zikr qildilar».
Dostları ilə paylaş: