www.ziyouz.com kutubxonasi
107
111-bob. O’lgan kishining ko’zini yumgandan keyin aytiladigan zikrlar 381/1. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
Abu Salamaning oldiga kirganlarida, u zot vafot etib, ko’zlari ochiq qolgan edi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning ko’zlarini yumib qo’ydilar. So’ngra: «Agar ruh
olinsa, ko’z unga ergashadi», dedilar. Abu Salamaning ahllaridan bo’lgan kishilar baland
ovoz ila qichqirib yuborishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’zingizga duo
qilayotganingizda, faqat yaxshilik so’ranglar, chunki farishtalar aytayotgan narsangizga
omiyn, deb turishadi», deb quyidagi duoni o’qidilar:
«Allohummag’fir liabiy Salamata varfa’ darojatahu fil mahdiyyiyna vaxlufhu fiy ‘aqibihi fil
g’obiriyna vag’firlana va lahu ya robbal ‘alamiyn vafsah lahu fiy qobrihi va navvir lahu
fiyhi». (Ma’nosi: Allohim, Abu Salamani mag’firat qil. Uning darajasini hidoyat topganlar
qatoriga ko’tar. Orqasida qolganlarga O’zing uning o’rnini bos. Ey olamlar Rabbi, uni va
bizni mag’firat qil. Uning qabrini keng qil, nurga to’ldir.) (Bu duoni o’qiyotganda «Abu
Salama»ning o’rniga o’lgan kishining ismi aytiladi.) Muslim rivoyatlari
382/2. Ulug’ tobe’inlardan biri Bakr ibn Abdulloh: «Agar mayyitning ko’zini yopib
qo’ysang:
«Bismillahi va ‘ala millati rosulillah», deb ayt. Agar ko’tarsang, «Bismillah», de. Agar
ko’tarishda yana davom etsang, tasbih ayt», deydilar. Bayhaqiy rivoyatlari
112-bob. Mayyitning huzurida aytiladigan zikrlar 383/1. Ummu Salama onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Agar kasal yoki mayyitning oldida hozir bo’lsangiz, faqat yaxshi gapni
aytinglar. Chunki farishtalar aytayotgan narsangizga omiyn, deb turishadi», dedilar. Abu
Salama vafot etganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirib: «Ey
Rasululloh, Abu Salama vafot etdi», dedim, u zot:
«Allohummag’firliy va lahu va a’qibniy minhu ‘uqba hasana» (Allohim, meni va uni
mag’firat qil hamda menga undan yaxshisini qoldir), deb ayt», dedilar. Men shu duoni
aytganimda, Alloh taolo menga erimdan ham afzal Rasulullohni berdi (ya’ni, meni
nikohlariga oldilar)». Imom Muslim rivoyatlari
384/2. Ma’qal ibn Yasordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«O’liklaringizga Yosin surasini o’qinglar», dedilar. Abu Dovuddan boshqalar bu hadisni
zaif sanashgan. Chunki sanadida ikkita noaniq kishi bor.