Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
108
«Inna lillahi va inna ilayhi roji’un, Allohumma ajurniy fiy musiybatiy vaxlufliy xoyrom
minha» (Biz Allohnikimiz va Allohga qaytuvchimiz. Ey Rabbim, musibatimda ajr qil va
menga undan yaxshirog’ini ber), deb aytsa, Alloh taolo musibatiga ajr berib, undan
yaxshisini ato etadi», dedilar. Erim Abu Salama vafot etganida, Rasululloh
buyurganlaridek, o’sha duoni aytdim. Alloh taolo erim Abu Salamadan ham yaxshirog’iga
– Muhammad alayhissalomning nikohlariga musharraf qildi». Imom Muslim rivoyatlari
386/2. Yana Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Agar sizlarning birortangizga musibat yetsa:
«Inna lillahi va inna ilayhi roji’un. Allohumma ‘indaka ahtasibu musiybatiy faajurniy fiyha
va abdilniy biha xoyrom minha», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Biz Allohnikimiz va
Allohga qaytuvchimiz. Ey Rabbim, musibatimga seni huzuringdan savob umid qilaman.
Menga musibatimda ajr ber va uni undan yaxshirog’iga almashtir.) Abu Dovud
rivoyatlari
387/3. Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Agar biror bandaning farzandi vafot etsa, Alloh taolo farishtalariga:
«Bandamning farzandi ruhini oldinglarmi?» deydi. «Ha», deb javob berishadi ular.
«Qalbining mevasini qabz qildinglarmi?» deydi so’ng. «Ha», deb javob berishadi yana.
«Bandam nima dedi?» deb so’raydi Alloh taolo. Farishtalar: «Senga hamd va istirjo’
(inna lillahi va inna ilayhi roji’un, deb) aytdi», deyishadi. Shunda Alloh taolo: «Bandam
uchun jannatda bir uy quringlar va uning hamd uyi, deb atanglar», deydi», dedilar.
Termiziy rivoyatlari
388/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Alloh taolo: «Bir mo’min bandaning dunyo ahlidan eng yaqin do’stining ruhini
qabz qilsam, u sabr etib, shikoyat qilmasa, Men huzurimda unga jannat degan
mukofotni tayyorlab qo’yganman», deb aytdi». Shu ma’nodagi hadis Imom Buxoriydan
rivoyat qilingan.
Dostları ilə paylaş: