www.ziyouz.com kutubxonasi
11
Boshqa rivoyatda aytiladi: «Rasulullohdan: «Qaysi kalom afzal?» deb so’rashdi. U zot:
«Alloh farishtalari yoki bandalari aytishini ixtiyor qilgan «Subhanallohi va bihamdihi»,
kalimasidir», dedilar», deyilgan. Imom Muslim rivoyatlari
3/3. Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh taologa kalomlarning eng yaxshisi to’rttadir:
«Subhanallohi, valhamdu lillahi, va la ilaha illallohu, vallohu akbar». Ularning qaysi
biridan boshlasang, zarari yo’q», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari
4/4. Abu Molik Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Poklik iymonning yarmidir. «Alhamdu lillah» kalimasi tarozini to’ldiradi.
«Subhanallohi valhamdu lillahi» yer bilan osmonni to’ldiradi», dedilar. Imom Muslim
rivoyatlari
5/5. Ummul mo’miniyn Juvayriyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam ertalab subh namozi paytida uning huzuridan chiqib ketdilar. U namoz
o’qiydigan xonasida edi. So’ngra zuho namozini o’qib bo’lib qaytib kelsalar, Juvayriya
onamiz hali ham o’tirgan edilar. Shunda Rasululloh: «Chiqib ketganimdan beri shu
holatda o’tiribsanmi?» deb so’radilar. Onamiz (r.a.): «Ha», deya javob berdilar. «Men
sendan keyin to’rtta kalimani uch martadan aytdim, agar ular tarozida o’lchansa, sen
bugun aytgan narsalardan og’ir keladi, – dedilar Rasululloh. – Ular:
«Subhanallohi va bihamdihi ‘adada xolqihi va rizo nafsihi va zinata ‘arshihi va midada
kalimatihi». (Ma’nosi: Yaratganlarining adadicha, nafsi rozi bo’lgunicha, arshning
vaznicha, kalimalarning uzunligicha Allohga hamd aytaman va Uni poklayman.) Imom
Muslim rivoyatlari
Boshqa bir rivoyatda:
«Subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi zinata ‘arshihi,
subhanallohi midada kalimatihi», deyilgan. (Ma’nosi: Xalqining adadicha Allohni
poklayman, nafsi rozi bo’lguncha Allohni poklayman, arshning og’irligicha Allohni
poklayman, kalimalarining uzunligicha Allohni poklayman.)
6/6. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadislarning lafzi quyidagicha:
«Subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi ‘adada xolqihi,
subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi
zinata ‘arshihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi
midada kalimatihi, subhanallohi midada kalimatihi, subhanallohi midada kalimatihi».
7/7. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar», deyishim men uchun
quyosh chiqib, nur sochganidan yaxshiroqdir», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari