www.ziyouz.com kutubxonasi
113
va man tavaffaytahu minna fatavaffahu ‘alal iyman. Allohumma la tahrimna ajrohu va la
taftinna ba’dahu», deb aytdilar. (Ma’nosi yuqorida o’tdi.) Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja
rivoyatlari
413/4. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Agar
mayyitga namoz o’qisanglar, u uchun duoni xolis qilinglar», deb aytganlarini eshitdim».
Abu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari
414/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
janoza namozida:
«Allohumma anta robbuha va anta xolaqtaha va anta hadaytaha lil islam va anta
qobazta ruhaha va anta a’lamu bisirriha va ‘alaniyyatiha ji’na shufa’a fag’firlahu»,
dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen uning rabbisan, Sen uni xalq qilding, Islomga hidoyat
etding va ruhini olding. Sen uning sirini va oshkorasini biluvchi zotsan. Biz unga shafe’
bo’lib keldik, uning gunohlarini kechir.) Abu Dovud rivoyatlari
415/6. Vosila ibn Asqa’ (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir
musulmon kishining janozasida quyidagi duoni o’qidilar:
«Allohumma inna Fulan ibn Fulan fiy zimmatika va habli jivarika faqihi fitnatal qobri va
‘azaban nari va anta ahlul vafa val hamd. Allohumma fag’fir lahu varhamhu innaka antal
g’ofurur rohiym». (Ma’nosi: Allohim, falonchining o’g’li falonchi Sening zimmangda va
himoyangdadir. Uni qabr fitnasi va do’zax azobidan saqla. Sen vafo va hamd ahlisan. Ey
Rabbim, uni mag’firat qil, rahm ayla, Albatta, Sen kechiruvchi va rahmli zotsan.) Abu
Dovud va Ibn Mojalar rivoyati
121-bob. Tobut ko’taruvchilar nima qiladi? Tobut qabristonga olib ketilayotgan paytda Allohning zikri bilan mashg’ul bo’lish,
shuningdek, mayyitning oqibati, qaerga ketayotgani haqida fikr yuritish, foydasiz
so’zlardan tiyilish lozim. Chunki bu vaqt g’ofillik, befoyda so’zlar so’ylash mavridi emas.
Aslida-ku, foydasiz so’zlar hech bir joyda gapirilmasligi kerak. Xususan, janoza mahali
umuman mumkin emas. Bunda eng to’g’ri ish, salaf olimlari ta’kidlaganlaridek, sukut
saqlash, zikr, qiroat va duolarni ovozni balandlatmasdan aytishdir.