www.ziyouz.com kutubxonasi
118
434/6. Oisha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Baqiy’
qabristoniga kelib:
«Assalamu ‘alaykum daro qovmin mu`miniyn, antum lana farotun va inna bikum
lahiqun, Allohumma la tahrimna ajrohum va la tuzillana ba’dahum», dedilar». (Ma’nosi:
Assalomu alaykum, mo’minlar qavmi hovlisidagilar. Sizlar bizdan oldin ketdinglar. Bizlar
sizlarga qo’shilguvchilarmiz. Allohim, ularning ajridan bizni mahrum qilma va ulardan
keyin bizlarni adashtirma.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Qabrlarni ziyorat etuvchi kishi Qur’on qiroati va zikrlarni ko’paytirib, qabristondagi
boshqa musulmonlarni ham duo qilishi mustahabdir.
129-bob. Ziyorat qiluvchi qabristonda yig’layotgan odamni yig’idan va boshqa shariat man’ qilgan narsalardan qaytarishi, uni sabrga undashi xususida 435/1. Anas (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v) qabr yonida yig’layotgan bir
xotinning oldidan o’tib, unga: «Allohdan qo’rq va sabr qil», dedilar». Imom Buxoriy va
Imom Muslim rivoyatlari
436/2. Bashiyr ibn Ma’bad (r.a.) aytadilar: «Men Rasululloh (s.a.v) bilan ketayotgan
edim, u zot qabrlar orasida poyabzali bilan yurgan kishini ko’rib: «Ey poyabzal sohibi,
oyoq kiyimingni yechib qo’y», dedilar». Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari
130-bob. Zolimlar qabri yonida o’tganda, qo’rqib yig’lash, Allohga muhtojlikni izhor qilish va g’aflatda qolishdan saqlanish xususida 437/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Samud
qavmining diyori Hijrga yetganlarida, sahobalariga: «Ana bu azoblanayotganlar yeriga
faqat yig’lagan holda kiringlar. Agar yig’lamasanglar, kirmanglar. Ana shunda ularga
yetgan narsa sizlarga yetmaydi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari