www.ziyouz.com kutubxonasi
119
MAXSUS NAMOZLARDAGI ZIKRLAR KITOBI 131-bob. Juma kuni va kechasida aytilishi mustahab bo’lgan zikr va duolar Juma kuni va kechasi Qur’on tilovat qilish, zikr, duo, salovot aytish va Kahf surasini
o’qish bilan mashg’ul bo’lish mustahab amaldir.
438/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom juma kunini zikr
qilaturib: «Unda bir soat bor. Bir musulmon banda namozda qoim bo’lsa va bu (ibodati)
ana shu paytga to’g’ri kelib qolsa, Alloh unga so’ragan narsasini beradi», dedilar va u
fursat juda oz ekanini qo’llari bilan ko’rsatdilar. Imom Buxoriy va Imom Muslim
rivoyatlari
439/2. Abu Muso Ash’ariy (r.a.): «U soat imom minbarga o’tirishidan namozini
tugatgungacha bo’lgan vaqt», deganlar. Imom Muslim rivoyatlari
Juma kuni Kahf surasini o’qish va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish
to’g’risida mashhur hadislar ko’p bo’lib, hamma bilgani uchun kitob uzayib ketmasin,
deya ularni keltirib o’tirmadim.
440/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma
kuni tongda bomdod namozidan oldin:
«Astag’firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayh» (Allohga istig’for
aytaman. Tirik va qayyum sifatli Allohdan boshqa iloh yo’q), deb uch marta aytsa,
gunohi agar dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, Alloh taolo kechirib yuboradi», dedilar. Ibn
Sunniy rivoyatlari
441/4. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juma
kuni masjidga kirsalar, eshikning kesakisidan ushlab:
«Allohummaj’alniy avjaha man tavajjaha ilayka va aqroba man taqorroba ilayka va
afzola man sa`alaka va rog’iba ilayk», deb aytar edilar». (Ma’nosi: Ey Allohim, meni
o’zingga yuzlanuvchilarning yuzlanuvchirog’i, yaqin bo’lguvchilarning yaqinrog’i,
so’rovchi va rag’bat etguvchilarning afzalrog’i qil.) Ibn Sunniy rivoyatlari
442/5. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma
namozidan keyin «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq» va «Qul a’uzu
birobbin nas» suralarini yetti marta o’qisa, Alloh taolo uni keyingi jumagacha
yomonlikdan saqlaydi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
Fasl: Juma namozidan keyin Allohni ko’p zikr qilish mustahabdir. Alloh taolo Jum’a
surasining 10-oyatida aytadi: