www.ziyouz.com kutubxonasi
12
8/8. Abu Ayyub Ansoriy (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim:
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala
kulli shay`in qodiyr», deb o’n marta aytsa, Ismoil zurriyotidan to’rt kishini ozod
qilgandek bo’ladi», dedilar». (Ma’nosi: Allohdan boshqa iloh yo’q, U yolg’iz, Uning sherigi
ham yo’q, butun mulk Uniki, hamd ham Unga xos va U har bir narsaga qodirdir.)
Buxoriy va Muslim rivoyatlari
9/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim:
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala
kulli shay`in qodiyr», deb bir kunda yuz marta aytsa, o’nta qul ozod qilgan barobarida
bo’libdi. Unga yuzta hasanot yozilib, yuzta yomonligi o’chiriladi, kech kirgunicha
shaytondan omonda bo’ladi. Uning bu amalidan afzalroq ishni hech kim qila olmaydi.
Faqat shu kalimalarni ko’proq aytgan kishi o’zib ketishi mumkin», dedilar. Va yana
Rasululloh: «Kim: «Subhanallohi va bihamdihi», deb bir kunda yuz marta aytsa, xatolari
dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, kechib yuboriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Imom
Muslim rivoyatlari
10/10. Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam bunday deganlar: «Zikrlarning afzali «La ilaha illalloh»dir». Termiziy va Ibn
Moja rivoyatlari
11/11. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh alayhissalom: «Allohni zikr
qiladigan kishi bilan zikr qilmaydigan kishining misoli xuddi tirik bilan o’likning misoli
kabidir», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari
12/12. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) rivoyat qilib aytadilar: «Bir a’robiy Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Menga bir kalom o’rgating, aytib yuray»,
dedi. Shunda Rasululloh:
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, Allohu akbar kabiyro valhamdu lillahi
kasiyro va subhanallohi robbil ‘alamiyn, la havla va la quvvata illa billahil ‘aziyzil
hakiym», deb ayt», deb o’rgatdilar. (Ma’nosi: Allohdan bosh-qa iloh yo’q, U yakkayu
yolg’izdir. Uning sherigi ham yo’q. Alloh juda buyuk, Allohga cheksiz hamd bo’lsin,
olamlar rabbi Alloh barcha aybu nuqsonlardan pokdir, hakim va aziz bo’lgan Allohdan
o’zgada o’zgartirish ham, quvvat ham yo’q.) Keyin haligi a’robiy: «Ey Rasululloh, bu
aytganlaringiz Rabbim uchun, men uchun-chi?» deb so’radi. Rasululloh:
«Allohummag’fir liy varhamniy vahdiniy varzuqniy» deb, ayt», dedilar». (Ma’nosi:
Allohim meni mag’firat qil, menga rahm ayla, meni hidoyat et, meni rizqlantir.) Imom
Muslim rivoyatlari
13/13. Yana Sa’d ibn Abu Vaqqos rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning huzurlarida edik. U zot: «Birontangiz bir kunda mingta hasanot kasb qila
oladimi?» deb so’radilar. O’tirganlardan biri: «Mingta hasanotni qanday qilib olish
mumkin?» dedi. Rasululloh: «Kim yuzta tasbih aytsa, mingta hasanot yozilib, mingta
xatosi o’chiriladi», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari