www.ziyouz.com kutubxonasi
123
minbarga o’tirdilar, Allohga takbir va hamd aytdilar, so’ng: «Sizlar diyoringiz qurib,
yomg’ir kechikkanidan shikoyat qilyapsizlar. Alloh taolo sizlarga duo qilishni buyurib va
uni ijobat etishni va’da qilgan», dedilar va:
«Alhamdu lillahi robbil ‘alamiyn. Arrohmanir rohiym, maliki yavmiddiyn, la ilaha illallohu
yaf’alu ma yuriyd. Allohumma antallohu la ilaha illa antal g’oniyyu va nahnul fuqorou
anzil ‘alaynal g’oysa vaj’al ma anzalta lana quvvatan va balag’on ila hiyn» (Olamlar rabbi
Allohga hamd bo’lsin. U rahmon va rahim sifatli zotdir, qiyomat kunining podshosidir.
Allohdan boshqa iloh yo’q, u xohlagan narsasini qiladi. Ey Rabbim, Sendan boshqa iloh
yo’q, Sen boydirsan, bizlar kambag’almiz. Bizga yomg’irni yog’dir va yomg’iringni bizga
quvvat va uzoq vaqtga yetadigan qil), degan duoni o’qidilar. So’ngra qo’llarini ko’tarib
duo qilishda bardavom bo’ldilar, hatto qo’ltiqlarining oqi ko’rindi. So’ngra insonlarga
orqalarini qilib, ridolarini yaxshilab tuzatib oldilar-da, qo’llari ko’tarilgan holda odamlarga
yuzlandilar va tushib, ikki rak’at namoz o’qidilar. Shunda Alloh taolo bulutlarni keltirdi,
momaqaldiroq gumburlab, chaqmoq chaqdi. So’ngra Allohning izni bilan yomg’ir yog’di.
Masjidlariga yetmasdan turib, sel oqa boshladi. Kishilarning uylariga shoshayotganlarini
ko’rib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kulib yubordilar, qoziq tishlari ko’rinib ketdi.
Keyin:
«Ashhadu annalloha ‘ala kulli shay`in qodiyr, va anniy ‘abdullohi va rosuluh» (Guvohlik
beramanki, Alloh har bir narsaga qodir va men Allohning quli va rasulidirman), dedilar.
Abu Dovud rivoyatlari
Istisqo namozi hayit namoziga o’xshab o’qiladi va shu tarzda xutba qilinadi. Unda
Allohga takbir, hamd va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytiladi. Iloji
boricha istig’for ko’paytiriladi va:
«Istag’firu robbakum innahu kana g’affaro, yursilis sama`a ‘alaykum midroro»
(Parvardigoringiz